O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevralda Turkiyaga tashrif buyuradi

Oliy martabali mehmon Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

1361192
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevralda Turkiyaga tashrif buyuradi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19 fevral chorshanba kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida Ankara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar