Turkiya va O’zbekiston Tashqi ishlar vazirlari Bokuda uchrashuv o’tkazdi

Ozarbayjonda Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig'ilishi boshlandi.

1354639
Turkiya va O’zbekiston Tashqi ishlar vazirlari Bokuda uchrashuv o’tkazdi

Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig'ilishida ishtirok etish maqsadida hozirda Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo’lgan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu unda O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi.

Mavzu haqida Chavusho’g’lu Twitterda qoldirgan postida, “Qardosh O’zbekistonning Tashqi ishlar vaziri Kamilov bilan uchrashdik” degan ifodalarga o'rin berdi.  

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy veb saytidagi ma’lumotda esa mazkur uchrashuvda dolzarb O’zbekiston - Turkiya kun tartibidagi masalalar va joriy yilda o’tkaziladigan qo’shma tadbirlarga tayyorgarlikning borishi yuzasidan fikr almashilganligi qayd etilgan.

Shuningdek, ko’p tomonlama shakllardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilganligi, shu munosabat bilan Turk kengashi doirasida muloqotni kengaytirishga o’zaro qiziqishning tasdiqlanganligi ifoda etilgan.

Uchrashuvda vazirlar xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qilganlar.



Aloqador xabarlar