Ozarbayjon Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasiga yetakchilik qiladi

Ozarbayjon poytaxti Bakuda bo'lib o'tgan Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisida Turkiya Oliy majlis raisi Mustafo Shento’p ishtirok etdi.

1325698
Ozarbayjon Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasiga yetakchilik qiladi
oktay asadov turkpa.jpg
sentop turkpa1.jpg

 

Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisida tashkilotga yetakchilik vazifasi Turkiyadan Ozarbayjonga o’tdi.

Ozarbayjon poytaxti Bakuda o’tkazilgan Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisida Turkiya Oliy majlis raisi Mustafo Shento’p, Ozarbayjon milliy majlisi rahbari Oktay Asadov, Qozog’iston majlis rahbari Nurlan Nigmatulin, Qirg’iziston majlis rahbari Dostonbek Jumabekov va Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bosh kotibi Altinbek Mamayusupov ishtirok etdi.

Majlis ochilishida Turkiya Oliy majlis raisi Mustafo Shento’p so’zga chiqdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi 11 yillik tashkilot bo’lishiga qaramay, xalqaro maydonda juda katta tajribaga erishdi. U kelgusida bundan ham katta xizmatlarni amalga oshirishiga tilak bildirdi.

“Dunyoda tinchlik va farovonlik hukm surishiga tilakdoshmiz. Ayni vaqtda turkiy davlatlarning har biri tinchlik, tartib, adolat va taraqqiyotga erishadi degan umiddamiz. Shuning uchun har sohada munosabatlarimizni va hamkorligimizni rivojlantirish uchun g’ayrat ko’rsatyabmiz. Turkiyaning mintaqada tinchlik va farovonlik o’rnatish maqsadida amalga oshirgan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasining qo’llab-quvvatlanishi biz uchun o’ta muhim edi”,-deb aytgan Turkiya Oliy majlis raisi.

Mustafo Shento’p Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining kelgusida to’liq mustaqil turkiy davlatlarning parlamentlari ittifoqi tuzilishidan umidvorligini bildirdi.

U ma’ruzasi so’ngida Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi ramzini Ozarbayjon milliy majlisi rahbari Asadovga topshirdi.

Shu bilan Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasiga yetakchilik vazifasi Ozarbayjonga topshirildi.

Muvaffaqiyatli xizmati uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirgan Asadov, Ozarbayjon yetakchiligidagi Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi o’z maqsadlari yo’lida zarur tashabbuslarni amalga oshirishini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar