Qozog‘iston Respublikasi 28 yoshga to'ldi

Qozog‘iston SSSR tarqalishi bilan 1991 yil 16 dekabrda o‘z mustaqilligini eʼlon qildi.

1324293
Qozog‘iston Respublikasi 28 yoshga to'ldi

 

Qozog‘iston Respublikasi o’z mustaqilligining 28 yilligini keng nishonladi.

Qozog‘iston SSSR tarqalishi bilan 1991 yil 16 dekabrda o‘z mustaqilligini eʼlon qildi. Shu bilan O’rta Osiyoda yangi mustaqil respublika tashkil topdi.

Qozog‘iston mustaqilligini eng avvalo Amerika Qo‘shma Shtatlari rasman tan oldi. Undan keyin Turkiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Mongoliya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Eron Qozog‘istonni mustaqil davlat sifatida tan olib, eʼtirof etdi. Qozog‘istonda o‘z elchixonasini birinchilardan bo‘lib ochgan davlat Turkiya bo‘ldi.

Ta'kidlash joizki, SSSR uzoq yillar mobaynida Qozog’iston hududlaridan atom tajriba o’tkazish maydoni sifatida foydalanib kelgan. Qozog’iston mustaqillikni qo’lga kiritgach, avvalo "Semey" atom tajriba o’tkazish maydonini yopdi.

O’z xohshi bilan atom faoliyatlaridan voz kechgan Qozog’iston totalitar rejimdan demokratiyaga, planli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishga muvaffaq bo’ldi.

Qozog’istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning mustaqil davlat bo’lishida muhim ro’l o’ynadi. Qisqa muddat ichida Mustaqil Respublika Sovyet imperiyasidan qolgan dolzarb va o‘ta chalkash muammolarning yechimi topib, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sohalarni isloh qildi.

Bugungi kunda Qozog‘iston iqtisodiyoti rivojlangan, ko‘plab xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘lgan, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo'lgan davlatga aylandi.

Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulot 28 yilda 16 barobarga oshib, 180 mlrd dollarga yetdi.

Qozog’iston 1991 yildan buyon davlat iqtisodiyotiga 330 mlrd dollar investitsiya jalb qilgan holda, O’rta Osiyoning eng kuchli davlatiga aylandi. Hozirda Qozog’istonda 2 mingga yaqin turk kompaniyasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Mustaqillik kuni – 1991 yil 16 dekabrda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyev imzolagan “Qozog‘iston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi qonun asosida nishonlanadi. Mamlakatda 16 dekabr milliy bayram qatorida 2 kun qutlanadi.

 



Aloqador xabarlar