Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi qo’shma harbiy tatbiqot davom etmoqda

Ozarbayjon va Turkiya o’rtasida “TurAz Kartali 2019” deb nomlangan qo’shma harbiy tatbiqot olib borilmoqda.

1264723
Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi qo’shma harbiy tatbiqot davom etmoqda

Ozarbayjon va Turk Harbiy havo kuchlari qo’mondonligining “TurAz Kartali 2019” deb nomlangan qo’shma harbiy tatbiqoti Ozarbayjonda davom etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida kecha berilgan bayonotga ko’ra Ozarbayjon va Turkiya Harbiy havo kuchlari qo’mondonligi tomonidan ikkala mamlakat o’rtasidagi bir yillik harbiy hamkorlik doirasida 2-sentabr kuni boshlatilgan tatbiqotning to’rtinchi kunida ham uchishlar yo’lga qo’yilib, turli vazifalar ijro etilgan.

Tatbiqotda ikkala mamlakatdan Mig-29, F-16, Su-25 rusumidagi urush uchoqlari bilan CASA transport uchog’i va ATAK/AH-1W rusumidagi urush vertolyotlaridan tashkil topgan qariyb 30 ta havo vositasi o’rin olgan.

Pokiston Harbiy havo kuchlari qo’mondonligi vakillari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan tatbiqot 16-sentabrgacha davom etadi.



Aloqador xabarlar