O’zbekiston Afg’onistonga 3.1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalamoqda

“O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati rahbari Ulug’bek Mustafayev Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishdan so’ng bu haqda Anadoli axborot agentligiga intervyu berdi.

1110535
O’zbekiston Afg’onistonga 3.1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalamoqda

O’zbekiston kelgusi yil qo’shni davlat Afg’onistonga 3.1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtirmoqda.

“O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati rahbari Ulug’bek Mustafayev Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishdan so’ng bu haqda Anadoli axborot agentligiga intervyu berdi.

“O’tgan yil Afg’onistonga 1.9 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilindi. Joriy yil ohirigacha Afg’onistonga 2.6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtiryabmiz. Kelgusi yil esa, bu miqdorni 3.1 mlrd kVt/soatga chiqarishni nazarda tutyabmiz”,-deydi Ulug’bek Mustafayev Anadoli axborot agentligiga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, O’zbekiston avvallari Afg’onistonga 1 kVt/soat elektr energiyasini 7.6 sentdan sotgan edi. Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomadan so’ng, O’zbekiston 1 iyundan e’tiboran Afg’onistonga elektr energiyasini 35 foiz arzon narxda sotgan holda, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxini 5 sentga tushirdi.

O’zbekistonning kelgusidagi asosiy vazifalaridan biri Afg‘onistonni Markaziy Osiyo yagona energiya halqasiga qo‘shishdir. Bu Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishi hisobiga amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaning boshlang‘ich qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Uning 32 millioni O‘zbekistonda, 118 millioni Afg‘onistonda qurilish ishlarini olib borish uchun yo‘naltiriladi. Liniyaning umumiy uzunligi 260 km. bo‘lib, uning 45 km.i O’zbekiston, 215 km.i esa Afg‘oniston hududidan o‘tadi. Loyihaga ketgan sarf-xarajatlar 12 yilda qoplanadi. Uning o‘tkazish quvvati 1000 MVt, ya’ni bir kecha-kunduzda 24 million kVt/soat, bir yilda 6 milliard kVt/soatgacha elektr energiyasi yetkazib berishga teng.

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’anining 2017 yilda O’zbekistonga tashrifi chog’ida bu haqda shartnoma imzolandi.

Ikki davlat o’rtasida imzolangan Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishi bo’yicha shartnoma doirasida liniyaning O’zbekistondan o’tadigan 45 kmlik qismini qurish ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, O’zbekiston birinchi marta Tojikistondan elektr energiyasini Afg‘onistonga tranzit qilishni boshladi.

“O‘zbekenergo” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha Surxondaryo elektr tarmoqlaridan Afg‘onistonga 140 million kVt/soat elektr energiyasi tranzit orqali yuborildi.

O’zbekiston Afg’onistonga dastlab 2002 yilda 62 mln kVt/soat elektr energiyasi eskport qilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar