O’zbekiston yangi mehmonxona qurish bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

O’zbekistondagi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra 2018-yildan boshlab 2022-yilgacha mamlakatda 278 ta mehmonxonaning qurilishi rejalashtirilgan.

1051303
O’zbekiston yangi mehmonxona qurish bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

Oxirgi vaqtlarda turizm tarmog’ining rivojlantirilishi uchun shaxdam qadamlar tashlagan O’zbekiston 2018-yildan boshlab 2022-yilgacha 278 ta mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda. Eng muhimi mazkur mehmonxonalarning qurilishida Turkiyadagi mehmonxonalarning me’morligidan namuna olinadi.  

O’zbekistondagi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan berilgan bayonotda 2018-yildan boshlab 2022-yilgacha mamlakat bo’ylab 278 ta mehmonxonaning qurilishi rejalashtirilar ekan bu mehmonxonalarning davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishining ko’zda tutilganligi qayd etildi.

Bayonotda 2018-2020 yillari davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta mehmonxona, 2021-2022 yillari esa 178 ta mehmonxonaning qurilish ishlari tamomlanib, faoliyat bera boshlashi ta’kidlanar ekan, mehmonxonalarning qurilishida Turkiyadagi mehmonxonalarning tajribasidan foydalanilishligi ifoda etildi. Shuningdek nomi tilga olingan mehmonxonalarning qurilishida namuna sifatida Turkiyadagi 8-50 xonalik mehmonxonalar o’rnak olinadi.

Turizm tarmog’ida Turkiyaning tajribasidan foydalanishni xohlagan O’zbekiston hukumati, bundan avval turkiyalik sobiq deputat Sadik Badakni O’zbekistonning Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi maslagatchisi etib tayinlagan edi.



Aloqador xabarlar