Ostona muzokarasining keyingi bosqichi 14-15 may kunlari o’tkazilmoqchi

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma'lum qilinishicha Ostona muzokarasining keyingi bosqichi 14-15 may kunlari o’tkazilmoqchi.

967258
Ostona muzokarasining keyingi bosqichi 14-15 may kunlari o’tkazilmoqchi

Qozog’iston, Suriya haqidagi navbatdagi Ostona muzokarasining 2018-yilning 14-15 may kunlari o’tkazilajagini ma’lum qildi.

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda mazkur muzokaraning poytaxt Ostonada kafil mamlakatlar Turkiya, Rossiya va Erondan tashqari Suriya hukumati bilan muxolafat guruh hay’ati ishtirokida 14-15 may kunlari o’tkazilishi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek muzokaraga kuzatuvchi davlat sifatida Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Iordaniyaning ham taklif qilinganligi ifoda etildi.

Undan tashqari muzokara chog’ida deeskalatsiya zonasidagi oxirgi vaziyat bilan gumanitar masalalar va ishonchni mustahkamlash choralarining qo’lga olinajagi ham qayd etildi.

Ikki va ko’p tomonli yig’ilishning 14-may kuni, plenar yig’ilishning esa 15-may kuni o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog’istonda Suriya haqida oxirgi marotaba 2017-yilning 21-22 dekabr kunlari muzokara o’tkazilgan bo’lib, unda mahbuslarning ozod etlishi va muhitning minalardan tozalanishi masalasida kelishib olingan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Ostona muzokarasi , #Suriya

Aloqador xabarlar