Turkiya prezidenti Erdo'g'an va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

961194
Turkiya prezidenti Erdo'g'an va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Turkiya prezidenti Erdo'g'an va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an 29 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Bugun 30 aprel kuni Ko'ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra, ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.  

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga o'tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo'l ochgan edi.

O'zbekiston va Turkiya xalqi bu galgi muzokaralardan ham katta natijalar kutmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar