O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo aylanmasi 5 mlrd dollarga yetkazilishi mumkin

Muzokarada yaqin yillarda savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyat mavjudligi ta’kidlandi.

961396
O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo aylanmasi 5 mlrd dollarga yetkazilishi mumkin

 

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirdilar.

Muzokarada yaqin yillarda savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyat mavjudligi ta’kidlandi. Tomonlar hamkorlik uchun istiqbolli tarmoqlar va loyihalarni ilgari surdi. 

O'zbekiston Turkiya bozoriga yengil sanoat, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, charm-poyabzal va qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilishni kengaytirishga tayyor. Bu borada Istanbul shahrida ta`sis etilgan O'zbek-Turk savdo uyi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin.

Transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratildi.

Baku – Tbilisi – Qars temir yo'li savdo aloqalari uchun ulkan imkoniyatlar yaratishi qayd etildi. Shu jihatdan tranzit tariflarini yanada maqbullashtirish muhimligi ta’kidlandi. 

Muzokarada investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, turizm, sog'liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

https://www.facebook.com/RecepTayyipErdogan/videos/10155771033738577/

 



Aloqador xabarlar