Chavusho’g’li qozog’istonlik kasbdoshi Kayrat Abdrakhmanov bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan qozog’istonlik kasbdoshi Kayrat Abdrakhmanov bilan uchrashuv o’tkazdi.

955021
Chavusho’g’li qozog’istonlik kasbdoshi Kayrat Abdrakhmanov bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyadagi muammoni hal qilish uchun olib borilayotgan Ostona muzokarasining navbatdagisining 14-15-may kunlari o’tkazilajagini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan qozog’istonlik kasbdoshi Kayrat Abdrakhmanov bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv chog’ida o’zaro munosabatlar bilan birga Ostona jarayoni ham qo’lga olindi.

Chavusho’g’li bu haqida,

“Suriya haqidagi eng konkret qadamlar Ostonada, ortidan esa Sochida tashlandi va bu vaziyat Jeneva jarayonini qo’llab-quvvatlaydigan mohiyatda edi. Ostona muzokarasini kelasi jarayonda ham davom etamiz. Shu doirada navbatdagi muzokaralar 14-15-may kunlari yana Ostonada o’tkaziladi” dedi.   



Aloqador xabarlar