Aziz Sanjar: “Turk dunyosi men uchun bir kuch-qudrat manba’i hisoblanadi”.

Kimyo yo’nalishi bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori Aziz Sanjar faoliyatlarida kuch-quvvat manba’i bo’lgan Turk dunyosining muvaffaqiyatlarida alohida o’rni borligini qayd etdi. Aziz Sanjar hozirda Qozog'istonda.

954768
Aziz Sanjar: “Turk dunyosi men uchun bir kuch-qudrat manba’i hisoblanadi”.

Kimyo yo’nalishi bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori Aziz Sanjar faoliyatlarida kuch-quvvat manba’i bo’lgan Turk dunyosining muvaffaqiyatlarida alohida o’rni borligini qayd etdi.   

Qozog’istonga bo’lgan tashrifi doirasida Turkistonga borgan Aziz Sanjar u yerda Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va Xo’ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Turk-qozoq universitetida bo’ldi. Universitetda talaba va akademiklar bilan uchrashdi.

Ahmad Yassaviy universiteti tomonidan Aziz Sanjarga faxriy professorlik unvoni taqdim etildi.

Aziz Sanjar universitetda so’zlagan nutqida Turk dunyosining shaxsiga bo’lgan e’tibori tufayli o’zini Turk dunyosining vakilidek his qilganligini va bu e’tiborga loyiq bo’lishga harakat qilganligini qayd etdi.  

O’z muvaffaqiyatlariga Otaturk (Turkiya Respublikasining asoschisi) tomonidan amalga oshirilgan islohotlar yordamida erishganligini ta’kidlagan Aziz Sanjar,  

“Turkiyadan boshqa Turk respublikalari boshqa davlatlarning nazorati ostida bo’lgan chog’larda ham Turk dunyosi qalbimda edi. Bu jihatdan Turk dunyosi men uchun bir kuch-qudrat manba’i hisoblanadi. Men erishgan muvaffaqiyatlarimda Turk dunyosining alohida o’rni bor” deya gapirdi.

Aziz Sanjar qadimda Turk dunyosining ilm-fan markazi bo’lganligini, buni Yevropa va Amerikaning ham tan olganligini, Turk dunyosi bu davrni 500 yil davom ettirganligini, ortidan turli sabablar yuzasidan ilm-fanda to’xtab qo’lganligini, bugungi kunda esa mash’ala g’arbning qo’lida ekanligini qayd etdi.   

Nobel mukofati sovrindori Sanjar, “Nobel mukofati hamma narsaning o’lchovi hisoblanmaydi lekin ma’lum nuqtagacha bir millatning, bir muassasaning muvaffaqiyatini ko’rsatadi” dedi.  

Bitta kashfiyot uchun 45 yil mexnat qilganligini eslatib o’tgan Sanjar yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etdi.

Ahmad Yassaviy nomidagi universitetning Vasiylik kengashi raisi professor doktor Musa Yildiz ham Nobel mukofati sovrindori, Turk dunyosi olimi Aziz Sanjarning Qozog’istonga tashrif buyurganligidan xursand ekanligini bildirdi.

Aytib o’tish joizki Kimyo yo’nalishi bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori, Turk biokimyochisi, Turk dunyosining olimi Aziz Sanjarning 20-aprel kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkekda bo’lib o’tadigan “Ilm-fan va milliy taraqqiyot” deb nomlangan konferentsiyada ishtirok etishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar