Ozarbayjon Prezidenti Aliyev rasmiy ravishda o'z vazifasini boshladi

Ozarbayjonda 11-aprel kuni o’tkazilgan saylovda 86.02 foiz ovoz olish orqali shu bilan to’rtinchi marotaba Prezident etib saylangan Ilhom Aliyev bugun ont ichish marosimi ortidan o’z vazifasini boshladi.

954181

Milliy majlisda Aliyev uchun qasamyod marosimi uyushtirildi.

Konstitutsiyaviy sud raisi Ferhat Abdullayev marosimda so’zlagan nutqida Markaziy saylov qo’mitasi tomonidan e’lon qilingan natijalarning Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlanganligini va Aliyevning rasmiy ravishda prezident bo’lganligini qayd etdi.

Ortidan minbarga taklif qilingan Ilhom Aliyev Konstitutsiyaga qo’l qo’yib,

“Prezidentligim davomida konstitutsiyaga amal qilishga, davlatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga, xalqimga loyiq ravishda xizmat qilishga ont ichaman” dedi.

Davlat madhiyasining o’qilishi ortidan Kur’on-i Karimga qo’l qo’ygan Aliyev,

“Ozarbayjon xalqi tomonidan yuz yillardan beri tashkil etilgan milliy va manaviy qadriyatlar va urf odatlarga sodiq qolaman va ularni har doim ulug’layman” degan ifodalarni takrorladi.  

Prezident Aliyev ont ichib ortidan Ozarbayjon bayrog’ini o’pdi.

Marosimda vazirlar, davlat qo’mitalari rahbarlari, deputatlar va chet mamlakat vakillari ishtirok etdi.  

Aloqador xabarlar