O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

933598

O’zbekiston prezidentlik matbuot xizmati xabariga ko'ra, Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni 18 mart kuni bo'lib o'tgan Rossiya Federatsiyasi Prezidentlik saylovida qo’lga kiritgan g'alabasi bilan tabrikladi.

O'zbekiston va Rossiya rahbarlari ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish masalalari, shuningdek mintaqaviy va xalqaro siyosatning qator dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Suhbat yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni davlat tashrifi bilan O'zbekistonga taklif qildi.

Rossiya prezidenti samimiy qutlov va tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O’zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Aloqador xabarlar