O'zbekistondan xabarlar 12-qism

O`zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo bitimini imzolash shartlarini muhokama qildi.

932908
O'zbekistondan xabarlar 12-qism

O`zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo bitimini imzolash shartlarini muhokama qildi.

O`zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo bitimini muhokama qildi.

İstanbulda O`zbekiston va Turkiya o`rtasida imtiyozli savdo bitimini imzolash shartlari muhokama qilindi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 15 mart kuni Istanbulda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakillari Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi shartnomalar boshqarmasi bosh direktori Mexmet Ishkın bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda, har ikki davlat bir-biriga yanada qulay rejim taqdim etish, xususan, bojxona bojlarini pasaytirish va boshqa imtiyozlarni taqdim etish imkoniyatlari yaratadigan ikki tomonlama imtiyozli savdo bitimini imzolash shartlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida 2018 yilning aprel oyida O`zbekiston va Turkiya o`rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o`tkazish masalalari ko`rib chiqildi.

O`zbekiston tomonining taklifiga binoan, 2018 yilning mart oyi yakunida, Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi delegatsiyasi O`zbekistonga ikki tomonlama savdo - iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan konsultatsiyalar o`tkazish uchun tashrif buyurishi rejalashtirmoqda.

Ma'lumki, Turkiya O`zbekistonning muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanib, 2016 yilda o`zaro tovar almashish hajmi 29 foizga oshib 1,2 milliard dollarga etdi. Xozirda, O'zbekistonda Turkiyaning 500ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat ko`rsatmoqda.        

O`zbekiston Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi.

O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Kristofer Allan, oxirgi yillarda ikki davlat mudofaa vazirliklari o`rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik yo`nalishlarida o`sish sur`atlari ortib borayotgani ta`kidladi.

Mehmonlar Afg`onistonda joylashgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlariga yuklarni tranzit bilan olib o`tilishi masalalarida yaqindan ko`mak berilayotgani uchun O`zbekiston hukumatiga alohida minnatdorchiligini izhor etdi.

Allan, shu yilning yanvar oyida imzolangan Mudofaa vazirliklar o`rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish mamlakatlar o`rtasida xalqaro hamkorlikning asosini tashkil etishini ta`kidladi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya o`rtasida mudofaa sohasida o`zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o`rtasida harbiy ta`lim, harbiy kadrlar tayyorlash, ingliz tilini mukammal o`rgatish, hamkorlikdagi treninglarni o`tkazish, o`zbekistonlik harbiylarning Britaniya qurolli kuchlari tomonidan o`tkaziladigan turli o`quv mashg`ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishida o`zaro yaqin hamkorlik o`rnatishni o`z ichiga oladi.

Kristofer Allan O`zbekiston harbiy xizmatchilarining Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasi va boshqa Britaniyadagi nufuzli harbiy ta`lim muassasalarida tahsil olishida Britaniya tomoni hamkorlik ko`rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Turk Xavo Yo'llari İstanbul-Samarqand-İstanbul yo`nalishi bo`yicha birinchi qatnovni amalga oshirdi.

16 mart kuni Turk Xavo Yo'llari aviakompaniyasi samolyoti İstanbul-Samarqand yo`nalishi bo`yicha birinchi qatnovni amalga oshirdi.

Samarqand aeroportida Turk Xavo Yo'llari aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi boshchiligidagi turk delegatsiyasini Samarqand shahar hokimiyati, O`zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi, Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchisi, O`zbekiston havo yo`llari Milliy aviakompaniyasi xodimlari xamda ommaviy axborot vositalari vakillari tantanali kutib olidi.

Tadbirda Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov, Samarqand xalqaro aeroporti direktori Hasan Mavlonov, Turk Xavo Yo'llari aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi hamda Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Axmet Bashar Shen so`zga chiqib, uzoq yillardan buyon ikki xalqlar o`rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va do`stlik munosabatlarini yuksak ekanligi hamda aynan mana shu munosabatlar ikki davlat o`rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo`lib xizmat qilayotganligini ta'kidladi.

Tantanali kutib olish marosaimdan so'ng Turk delegatsiyasi Samarqandga tashrifi doirasida shaxarning diqqatga sazovor va tarixiy joylarini ko'zdan kechirdi.

Ma`lumki, 2017 yilning 30 oktyabr kunidan boshlab "O`zbekiston havo yo`llari Milliy aviakompaniyasi Samarqand – Istanbul – Samarqand yo`nalishi bo`yicha muntazam havo aloqalarini  boshlagan edi. Hozirgi kunda Samarqand shahridan haftaning dushanba va payshanba kunlari, Toshkentdan esa, har kuni Istanbulga muntazam qatnovlar amalga oshirilmoqda.

 

O`zbekistonda yanvar-fevral oylarida sayyohlar oqimi 65 foizga ko`paydi.

O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yil yakuniga qadar mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar soni 4 millionga yetishi kutilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Shoxrux Shoraxmetov, oxirgi paytlarda O`zbekistonga tashrif buyuruvchilar sayyohlar oqimi keskin ortib borayotganligini ta'kidlab, shu yil yanvar-fevral oylarida respublikaga kelgan sayyohlar oqimi 65 foizga ko`payganligini ma'lum qildi.

Shoraxmetov, o'tgan yili mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi o'rtacha 30 foizga o'sganligini aytar ekan, 2017 yilda respublikaga 3 million sayyohlar tashrif buyurganligini ma'lum qildi.

Buning 2016 yilga nisbatan 30 foizga ko`p ekanligini ta'kidlagan Shoraxmetov, ulardan 2 milliondan ortig'i qo`shni davlatlar vatandoshlari ekanligini bildirdi.

Shoraxmetov, turizm soxasidagi bu o`sish surati saqlanib qolinsa, shu yilda sayyohlar sonini 4 millionga etkazish mumkinligini ta'kidladi.

Uning so`zlariga ko`ra, sayyohlar O`zbekistonda o`rtacha 3 kun o`tkazishadi.

     


Tanlangan kalimalar: #Turk , #O'zbek , #Hamkorligi , #Bitim

Aloqador xabarlar