Nail Chelebiy:“Endilikda Yevropa Ittifoqi kabi Turk Ittifoqini tashkil qilish shart..."

Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqi rahbari Nail Chelebiy Ankarada bir guruh turk dunyosi jurnalistlari bilan uchrashuv o’tkazdi.

930708
Nail Chelebiy:“Endilikda Yevropa Ittifoqi kabi Turk Ittifoqini tashkil qilish shart..."

Dunyo xozirgi kunda ozodlik urushida bo’lgani kabi Turkiya va turklarga qarshi…

Bu so’zlar Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqi rahbari Nail Chelebiyga oid.

Nail Chelebiy kuni kecha Ankarada bir guruh turk dunyosi jurnalistlari bilan uchrashuv o’tkazdi.

U Turkiya bugungi kunda terrorizm va uni qo’llab quvvatlagan davlatlarga qarshi yakka o’zi kurash olib borayotganligini tilga oldi.

Turkiya Afrinda “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyotini o’tkazishga qanchalik haqli ekanligini tilga olgan Nail Chelebiy: “Turkiyani yolg’izlik girdobiga tashlashga harakat qilmoqdalar”,-dedi.

U “Endilikda Yevropa Ittifoqi kabi Turk Ittifoqini tashkil qilish shart. Turk Ittifoqi bo’lganda edi, Turkiya bunchalik yolg’izlanib qolmagan bo’lardi, chidamli kuchimizga ega bo’lardik”,-dedi.

Doimo Turkiya Respublikasi va turk xalqining hamjihatligi uchun g’ayrat ko’rsatganligini tilga olgan Nail Chelebiy: “Turk Ittifoqini tuzishning vaqti yetib keldi. Biz ham buning uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz”,-dedi.

Turk dunyosining birdamligi uchun nodavlat tashkilotlarning faoliyati juda muhim ekanligini anglatgan Nail Chelebiy: “Turk dunyosining deputatlari, jurnalistlari, tadbirkorlari, rahbarlari, qolaversa xalqi va nodavlat tashkilotlari bir yoqadan bosh chiqarib, turk dunyosining birdamligi uchun g’ayrat qilishimiz kerak”,-dedi.

Nail Chelebiy bu mashaqqatli yo’lda turk dunyosi jurnalistlaridan ma’naviy yordam talab qildi.

Ayni paytda, turk dunyosidagi deputatlarni Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqiga a’zo bo’lishga taklif qildi.

“Shuni aytish joizki, ittifoqimiz tarkibida partiyalardan ham ustun vakillar bor. Qolaversa har bir partiyadan a’zo vakillar bor. O’zini turk deb his qilgan har bir deputatga eshigimiz ochiq. Shu sababli partiyalararo siyosatga o’rin yo’q”,-dedi Nail Chelebiy.

Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon va Moldovada Turkiyaning favqulodda va muhtor elchisi sifatida xizmat qilgan Hulusi Kilich Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqining tashqi aloqalar bo’yicha koordinatori etib tayinlandi.

Hulusi Kilich ayni paytda turk dunyosining birdamligiga beqiyos hissasini qo’shgan faollardan biri bo’lib hisoblanadi.

Ma’lumki,  Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqi 2013 yildan e’tiboran o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ittifoqqa 2015 yildan beri Turkiya Respublikasining 21-davr Trabzon okrugi deputati Nail Chelebiy rahbarlik qilib keladi.

Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqining maqsadi turk dunyosi deputatlari o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, turk dunyosi xalqlari o’rtasidagi do’stona munosabatlarni rivojlantirish, deputatlarning bir-birini o’zaro yaqindan tanishiga imkon yaratish, mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamda madaniy hamkorlikni takomillashtirish, do’stlik va qardoshlik rishtalarini kuchaytirishga hissa qo’shishdir.

Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqi rahbari Nail Chelebiy jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda quyidagilarni tilga oldi.

“Matbuot anjumanimizda bizni qo’llab quvvatlagan avvalo TRT, Anadolu agentligi, Turkmeneli TV, Turkiyadagi internet saytlari va gazeta rahbariyatlariga, asosan Ozarbayjon matbuotiga, TREND va APA axborot agentliklariga o’z minnatdorligimni bildiraman. Matbuot anjumanimiz kamida 25 tilda jahon matbuotida va mahalliy turk matbuotida o’rin oldi. O’ndan ziyod gazeta va internet saytlarida nashr qilindi. Turk Ittifoqi matbuot xodimlarining hissasi bilan yana ham tezroq ro’yobga chiqadi degan umiddamiz. Shu fursatdan foydalanib, turk dunyosi matbuotiga minnatdorlik bildiraman. Bizni siz jurnalistlar bilan uchrashuv o’tkazishimizga vasila bo’lgan hamkorlarimizga ham minnatdorlik bildiraman. Yashasin Turk Ittifoqi”.

 

                                                                                         Turk dunyosi parlamentarlar ittifoqi rahbari

                                                                                                                                         Nail Chelebiy.

                                                                                                              


 

 

 



Aloqador xabarlar