ShKTR O'rta yer dengizidagi huquqlari borasida grek tomonini ogohlantirdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi O'rta yer dengizidagi huquqlari borasida Kiprning grek tomonini ogohlantirdi.

908230
ShKTR O'rta yer dengizidagi huquqlari borasida grek tomonini ogohlantirdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kiprning grek tomoni boshqaruvining O’rta yer dengizidagi bir tomonli tabiiy gaz qidiruv faoliyatlari haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda,

“Bu va bunga o’xshash bir tomonli faoliyatlar davom etgudek bo’lsa o’z huquqimizni himoya qilish maqsadida Turkiya Respublikasi bilan birgalikda, kerakli chorani ko’rishga majbur bo’lib qolamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda shuningdek, Kiprning grek tomoni boshqaruvi tomonidan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining O’rta yer dengizidagi tabiiy boyliklari ustidagi haqlarining “yo’q” deb hisoblanishi, o’rtadagi taranglikni ortirish uchun maxsus amalga oshirilayotgan ig’vogarchilik harakatlari ekanligi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar