Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O'zbekistonga hamdardlik bildirdi

“Qozog'iston Respublikasi hududida ro'y bergan fojiali hodisa oqibatida O'zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo'lgani munosabati bilan Qirg'iziston Respublikasi xalqi va o'z nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman",-deyilgan ta'ziya maktubida.

891627
Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O'zbekistonga hamdardlik bildirdi

 

Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozog'istonning Aqto'be viloyati hududidagi yo'l-transport hodisasi oqibatida O'zbekiston fuqarolari vafot etgani munosabati bilan O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Qirg’iziston manbalari xabar bermoqda.

“Qozog'iston Respublikasi hududida ro'y bergan fojiali hodisa oqibatida O'zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo'lgani munosabati bilan Qirg'iziston Respublikasi xalqi va o'z nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman. Halok bo'lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so'zlarini, shuningdek, jabrlanganlarga tezroq sog'ayib ketish tilagini yetkazishni so'rayman. O'rnini to'ldirib bo'lmaydigan qayg'uga sherikmiz”,-deyilgan ta’ziya maktubida.



Aloqador xabarlar