Qozog'iston va AQSh o'rtasida 7,5 mlrd dollar qiymatida 20dan ortiq shartnoma imzolanadi

Nazarboyev:“AQShning yirik neft kompaniyalari tomonidan Qozog'istonga 50 mlrd dollarlik investitsiya kiritilgan. Bugun biz AQSh yirik biznesining vakillari bilan 7,5 mlrd dollar atrofida 20dan ortiq shartnoma imzolaymiz".

889996
Qozog'iston va AQSh o'rtasida 7,5 mlrd dollar qiymatida 20dan ortiq shartnoma imzolanadi

Kecha davlat tashrifi bilan AQShga yetib kelgan Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra OAV vakillari uchun brifing o'tkazdi.

Brifingda Nazarboyev Vashingtonga taklif qilinganligi uchun Trampga minnatdorlik bildirdi. Nazarboyev bo'lib o'tgan muzokaralarning natijalarini ijobiy baholab, Qozog'iston va AQShning o'zaro aloqalarini yanada mustahkamlash masalalariga to'xtalib o'tdi.   

“Men aminmanki, Qozog'iston-AQSh munosabatlarini strategik hamkorlik darajasiga ko'tarish tashrifim natijasi bo'ladi. Shu sababli biz bugun Ostona va Vashington munosabatlarining yangi davriga start beruvchi qo'shma siyosiy bayonot qabul qildik”, -dedi Qozog'iston prezidenti.  

Nazarboyev AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan “5+1” formatda hamkorlikni   mustahkamlashiga manfaatdorlik bildirdi. Nazarboyev Ostona va Vashingtonning xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash va zamonaviy sinov hamda tahdidlarni birgalikda yengish ishidagi samarali hamkorligini ta’kidlab o'tdi. 

Nazarboyev ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalariga ham to'xtalib o'tdi.

“AQShning yirik neft kompaniyalari tomonidan Qozog'istonga 50 mlrd dollarlik investitsiya kiritilgan. Bugun biz AQSh yirik biznesining vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etamiz va unda 7,5 mlrd dollardan ko'proq qiymatdagi 20 dan ko'proq shartnoma tuziladi. Bizda AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilingan va biz AQSh tomondan ham bunga monand javob bo'lishini kutib qolamiz”, -dedi Nazarboyev.

Nazarboyev AQShning Tramp boshchiligida sezilarli iqtisodiy taraqqiyotga erishganini yuqori baholadi. 

 



Aloqador xabarlar