Yilda kamida 4 marta qo‘qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev: Yilda kamida 4 marta qo‘qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o‘tkaziladi

885974
Yilda kamida 4 marta qo‘qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev: Yilda kamida 4 marta qo‘qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o‘tkaziladi

10-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini isloh qilish va rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan majlisda ma’ruza qilgan Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar qanchalik samara berishi armiya va xalq birdamligiga bog‘liqligini ta’kidladi. Qurolli Kuchlar barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan mardlik va vatanparvarlik maktabiga aylanishiga erishish zarurligini bildirdi.

Yig‘ilishda Qurolli Kuchlarning jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan hozirda 3 soatga yetkazilgani, qo‘shinlarni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ilk bor autsorsing tizimi joriy qilingani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev bundan buyon yilda kamida to‘rt marotaba qo‘qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'xbekiston , #Harbiy , #Ta'lim

Aloqador xabarlar