Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2018 yilgi byudjet qonunini tasdiqladi

2018 yil byudjetida daromadlar hajmi 140 mlrd 882 mln 200 ming so’m ya’ni, 2 mlrd 41 mln 771 ming dollar, harajatlar esa, 161 mlrd 149 mln 300 ming so’m ya’ni, 2 mlrd 335 mln 497 ming dollarni tashkil qiladi.

878240
Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2018 yilgi byudjet qonunini tasdiqladi

Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2018 yilgi byudjet qonunini tasdiqladi.

Bu haqda prezidentlik matbuot markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Jeenbekov koalitsiya hukumati bosh vaziri Sapar Isaqov boshchiligida tayyorlanib, umumiy kengashda qabul qilingan 2018 yil davlat byudjeti qonunini tasdiqladi.

Tasdiqlangan byudjetga ko’ra, 2018 yil byudjetida daromadlar hajmi 140 mlrd 882 mln 200 ming so’m ya’ni, 2 mlrd 41 mln 771 ming dollar, harajatlar esa, 161 mlrd 149 mln 300 ming so’m ya’ni, 2 mlrd 335 mln 497 ming dollarni tashkil qiladi.

Qirg’izistonning 2018 yildagi daromadining yalpi ichki mahsulot hajmi 26.2%ga, harajatlar darajasi esa, yalpi ichki mahsulotning 30%iga teng kelishi ko’zda tutilmoqda.

Byudjet kamomadi esa, 20 mlrd 267 mln 100 ming so’m ya’ni, 293 mln 726 ming dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar