Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 49-qism

Dasturimizning bugungi sonida Qirg’izistonda bo’lib o’tgan saylovlar va Turkiya-Qirg’iziston munosabatlari haqida so’z qilamiz.

863651
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 49-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari,

Joriy yilning 15-oktabri kuni Qirg’izistonda shu bilan ikkinchi marotaba iqtidorlik davrini tinchlik yo’li bilan topshirish vazifasi amalga oshdi. Saylovda, majlisdagi eng ko’p o’ringa ega bo’lgan iqtidor partiyasi yani Sotsial Demokratik partiyasi g’alaba qozondi. Prezidentlik uchun sobiq Bosh vazir O’murbek Babanov bilan Sooronbay Jeenbekov o’rtasida yuz bergan kurash Sooronbay Jeenbekovning zafari bilan natijalandi. Har ikki tomondan ham qoidalarga amal qilinmaganlik haqidagi ayblovlar, nazorat ostiga olishlar, ommaviy axborot vositalari vakillariga qarshi amalga oshirilgan bosib olish iddiolari va boshqa saylovoldi dasturlardagi huquqbuzarliklar haqidagi iddiolarga qaramay Qirg’izistondagi oxirgi saylovning jiddiy siyosiy kurash tarzida o’tganligini aytisihimiz mumkin.

Prezidentlik saylov natijalariga ko’ra saylov chog’idagi amaldagi Prezident Almazbek Atambayev qo’llab-quvvatlagan Sooronbay Jeenbekov ovozlarning 54.28 foizi bilan saylovda g’alabani qo’lga kiritar ekan O’murbek Babanpv 33.41 foizlik ovoz bilan ikkinchi o’ringa ega bo’ldi. Saylovda saylovchilarning 55.93 foizi ishtirok etdi. Roppa-rosa 2375 saylov qutisida 3.025.770 nafar saylovchidan 1.692.423 nafari ovoz berdi. 2011-yili 5.5 millionni tashkil etgan Qirg’iziston aholisi sonining 2017-yili 6.1 millionga yetishiga qaramay ro’yhatga olingan saylovchi nisbatining 2011-yilda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlariga ko’ra yana da oz ekanligi kuzatildi. Bu vaziyat 2014-yili tasdiqlangan biometrik texnologiyalardan foydalanilganligi uchun yuz bergan bo’lishi mumkin. Zero Qirg’izistondagi saylov qonunchiligiga ko’ra aholini ro'yxatga olish tizimiga biometrik tizimda ro’yhatga kiritilmagan fuqarolar saylovchilar ro’yhatiga olinmaydi.  

Qirg’izistondagi Prezidentlik saylovida g’alaba qozongan SDP nomzodi Sooronbay Jeenbekov noyabr oyining oxirgi haftasida qasam ichib o’z vazifasini boshladi. Jeenbekovning inauguratsiya marosimi Prezidentlik qarorgohidagi an’anaviy qirg’iz chodiri shaklidagi “Ene-Say” nomidagi kongress zalida bo’lib o’tdi. Jeenbekovning xalqning birlik va birdamligini ta’kidlagan nutqida mamlakatda, ayniqsa byurokratiyada mintaqalar va etnik xalqlararo bo’linishlarga ruxsat bermasligini qayd etdi. Mustaqil Qirg’izistonning demokratik yo’llarda shaxdam qadamlar tashlaganligini butun dunyoga isbodlaganligini belgilab o’tgan Jeenbekov, “Mustaqillik tariximizda shu bilan birinchi marotaba tinchlik yo’li bilan iqtidor davri topshirilmoqda” degan ifodaga o’rin berdi. Xalqiga va partiyadoshlariga minnatdorchilik bildirgan Jeenbekov tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoya qilishni davom ettirajagini qayd etgan holda, “Rossiya Federatsiyasi bilan strategik munosabatlarimizni yana da mustahkamlaymiz. Qo’shni Xitoy bilan bo’lgan munosabatimizni yana-da teranglashtiramiz. Markaziy Osiyodagi qo’shni davlatlar bilan tarixiy aloqalarimiz yo’lida amaldagi munosabatlarimizni yana-da rivojlantiramiz. Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan yaqin hamkor bo’lihsni davom ettiramiz. Turkiya va AQSh bilan bo’lgan hamkorligimizni mustahkamlaymiz” deyish orqali o’z rejalari haqida oz bo’lsa ham ma’lumot bergan bo’ldi. 

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zoligi bilan birga ko’proq Rossiyaning siyosiy va iqtisodiy yo’lida qadam tashlagan Qirg’izistonning kelasi jarayonda geosiyosiy yo'nalishni o'zgartirish niyatida emasligini aytishimiz mumkin. Aytmasak ham konstitusiyaga kiritilgan oxirgi o’zgartirishlar bilan birga mamlakatning tashqi siyosatini tayin qilish, savdo va mudofaa sohalarida ustuvorliklarni belgilash masalalaridagi rahbarlik huquqlari parlament tomonidan chegaralantirilmoqda. Bu vaziyat Jeenbekovning Atambayevning olti yillik davrida shakllangan tashqi siyosatni radikal tarzda o’zgartirishini murakkablashtirmoqda.

Undan tashqari Turkiya bilan Qirg’iziston o’rtasidagi munosabatlar esa strategik sheriklik saviyasida o’zaro kuchli iroda bilan har tarmoqda ijobiy ravishda davom etmoqda. Turkiya Respublikasi barcha davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan Qirg’izistonning doimiylik qozonishiga yordam berib kelmoqda. Ikkala mamlakat o’rtasida siyosat bosh bo’lish bilan birga iqtisodiy, savdo, harbiy, madaniy, ta’lim, sog’likni saqlash, transport tarmoqlarida ko’p qirrali munosabatlar, ikki yuzdan ortiq shartnoma va protokoldan iborat keng ko’lamli huquqiy zamin doirasida davom etmoqda. Ikkala mamlakat Prezidentlari tomonidan 1997-yili qo’l qo’yilgan “Abadiy do’stlik va hamkorlik shartnomasi” 1999-yili chop etilgan “Turkiya va Qirg’iziston: Birgalikda 21-asr tomon” deb nomlangan dokladi va 2011-yili qo’l qo’yilgan “Oliy dsarajali strategik hamkorlik kengashining tashkil topishi borasida qo’shma bayonot” bugungi kundagi strategik sheriklikning eng asosiy ko’rsatkichidir.

Ko’p qirrali rejalar tarkibida Qirg’iziston hukumati Turk kengashi bosh bo’lish bilan birga Turk dunyosi loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Bu doirada Qirg’izistonning Turk dunyosi sport va ko'chmanchi madaniyat markaziga mezbonlik qilishi muhim shaxdam qadam hisoblanadi. Turkiya Respublikasi Markaziy Osiyo hududida demokratik islohotlarini amalga oshirayotgan Qirg’izistonning istiqrorini va rivojlanishini davom ettirishiga alohida e’tibor bermoqda. Turkiya bu nuqtada Qirg’izistonni har doim qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Shu doirada Qirg’izistonda joriy yilning 15-oktabri kuni bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlarining tinchlik va huzur ichida o’tkazilganligi Turkiya Respublikasi tomonidan xursandchilik bilan qarshi olindi.   

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar