Erdog’an bilan Nazarboyev IHTning Favqulodda sammiti haqida fikr almashdi

Prezident Erdog’an bilan Prezident Nazarboyev joriy yilning 13-dekabri kuni Istanbulda o’tkazilishi rejalashtirilgan Islom Hamkorlik tashkilotining Favqulodda sammiti haqida fikr almashdi.

865094
Erdog’an bilan Nazarboyev IHTning Favqulodda sammiti haqida fikr almashdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bilan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev kecha 9-dekabr kuni telefon orqali muloqat qildi. Muloqat chog’ida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va mintaqaviy kun tartibini muhokama etdilar. Shu bilan birga tomonlar Turkiya tashabbusi bilan joriy yilning 13-dekabri kuni Istanbulda o’tkazilishi rejalashtirilgan Islom Hamkorlik tashkilotining Favqulodda sammiti haqida fikr almashdi.  

Ikki davlat rahbarlari shu bilan birga navbatdagi uchrashuvlar jadvali, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni bundan buyon yana-da mustahkamlash masalalarini ko’rib chiqdi.

 



Aloqador xabarlar