Ashraf G‘ani O‘zbekiston safarining yakunida Buxoroning qadimiy obidalari bilan tanishdi

Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari kunning ikkinchi yarmida Buxoro shahrining tarixiy markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

862587

Mehmonlar ko‘hna Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi tarkibiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. 10 ming kishiga mo‘ljallangan Masjidi Kalon tarixi, binoning me’moriy ulug‘vorligi, ibodatchilar uchun yaratilgan qulayliklar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolari Kogon tumani hududida joylashgan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida ham bo‘lib, Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Shu bilan Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Tanlangan kalimalar: #Ashraf G‘ani , #O'zbekiston , #Safar , #Buxoro

Aloqador xabarlar