Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin poytaxt Moskvada Qirg’izistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekovni qabul qildi.

858250
Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin poytaxt Moskvada Qirg’izistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekovni qabul qildi.

Putin o’tgan oy Qirg’izistonda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida g’alaba qozongan Sooronbay Jeenbekovni tabrikladi.

Shuningdek, Qirg'ziston prezidenti sifatida birinchi tashrifini Rossiyaga amalga oshirganidan xursand ekanini ma’lum qildi. 

“Sizni Moskvada qabul qilganimdan juda xursandman. Yana bir bor sizni prezidentlik lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan tabriklamoqchiman”,-dedi Vladimir Putin.

Ma’lumki, Qirg’iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilgach, Qirg'izistondan Rossiyaga mahsulot yetkazib berish hajmi ikki barobarga oshdi, tovar aylanmasi 30 foizga ortdi.

 “Sizning sa’y-harakatingiz tufayli Qirg'iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirdi. Qirg'izistondan Rossiyaga mahsulot yetkazib berish hajmi ikki barobarga oshdi, tovar aylanmasi 30 foizga ortdi. Bu yaxshi ko'rsatkich. Bundan keyin ham Qirg’iziston bilan nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik sohasida ham hamkorlikni rivojlantiramiz degan umiddaman”,-dedi Vladimir Putin.

Jeenbekov ham prezident sifatida birinchi rasmiy ziyoratini Rossiyaga amalga oshirganini bildirib, “Bu Rossiya bilan aloqalarimizni rivojlantirishga qanchalik qat’iy ekanimizni ko’rsatadi”,-dedi.

Qirg’iz xalqiga ko’rsatgan yordamlari tufayli Putinga minnatdorlik bildirgan Jeenbekov Rossiya Qirg’iziston uchun har doimgidek eng yaqin hamkor bo’lib qolishini tilga oldi.

Shuningdek, Sooronbay Jeenbekov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashdi.

Medvedev Jeenbekovni prezident lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar