Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

Turkiya Respublikasi TIV Mevlut Chavusho’g’li Turkiya-Ozarbayjon-Pokiston TIV huzuridagi uchlik yig’ilishda ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxti Bokuga borar ekan u yerda mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

858494
Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiya-Ozarbayjon-Pokiston Tashqi ishlar vazirlari huzuridagi uchlik yig’ilishda ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxti Bokuga borar ekan u yerda mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda Aliyev, Turkiya-Ozarbayjon-Pokiston Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishining ahamiyatiga to’xtalar ekan uning, ushbu uch mamlakat o’rtasida yangi hamkorlik maxanizmini yo’lga qoyajagini qayd etdi.  

Turkiya va Ozarbayjonning avval ham boshqa turli davlatlar bilan birgalikda uchlik yig’ilish mexanizmlari tashkil etganliklarini eslatgan Aliyev, bu mexanizmlarning ham o’zaro, ham da ko’p qirrali munosabatlarni rivojlantirgan tashabbuslar ekanligini belgilab o’tdi.

Aliyev shuningdek, Pokiston bilan ham tashkil etiladigan uchlik hamkorlik mexanizmlarining ijobiy natijalar tug’dirishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda bir oy oldin ochilish marosimi bo’lib o’tgan Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li loyihasiga to’xtalgan Chavusho’g’li esa,

“Oldinda yo’lga qoyilishi rejalashtirilgan Trans Anado’lu Tabiiy gaz quvir liniyasi kabi yana da yirik loyihalar ham var. Sizlarning yetakchiligida bir tomondan o’zaro munosabatlarimiz, ikkinchi tomondan esa mintaqaning barqarorligi va iqtisodiy rivoji uchun Ozarbayjon va Turkiya alohida rol o’ynamoqda” deya gapirdi.

Chavusho’g’li Gruziya, Turkmaniston va Eron bilan tashkil etilgan uchlik mexanizmlarning, mintaqaning barqarorligining ham kuchiga-kuch qo’shajagini belgilab o’tgan holda,

“Endilikda Pokistonni ham uchlik mexanizm tarkibiga qo’shib oldik. Iqtisodiy, transport, elektr energiyasi va mudofaa sanoati kabi sohalarda qardosh Ozarbayjon bilan muhim loyihalarni yo’lga qoyajagimizga ishonchim komil” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li Ozarbayjon tashrifi doirasida uchbu uchrashuv ortidan Pokiston Tashqi ishlar vaziri Xo'ja Mohammad Asif va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov bilan uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar