Turk olamidan xabarlar 48-qism

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seulning faxriy fuqarosi unvoni berildi.

855977
Turk olamidan xabarlar 48-qism

                     

Birinchi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Kelgusi yilning aprel va iyun oylarida Qozog’iston rahnamoligida “Yangi buyuk ipak yo’li-2018” nomli xalqaro sayohat uyushtiriladi.

Qozog’iston madaniyat va sport vazirligi madaniyat va san’at departamenti rahbari Almaz Nurazxon bu haqda “kazmedia” agentligiga intervyu berdi.

Uning aytishicha, Qozog’iston tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro sayohatni polshalik sayyoh va tadqiqotchi Yatsek Palkevich boshqarib boradi.

Xitoydan boshlanadigan sayohat Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Rossiya va Belarusiyadan o’tib, iyun oyida Polshada o’z nihoyasiga yetadi.

“Ushbu sayohatdan maqsad Osiyo bilan Yevropani bir-biriga bog’lab turgan tarixiy ipak yo’lida joylashgan davlatlarning madaniy rishtalarini anglatishdir”,-deydi Almaz Nurazxon.

33dan ortiq tarixiy maskanni o’z ichiga olgan sayohat UNESCO tomonidan ham qo’llab quvvatlanmoqda.

 

Navbatdagi xabarimiz Qirg’izistondan olingan.

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA Qirg’iziston shimolida joylashgan Krasniy rechka qishlog’ining toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadidagi loyihani tamomlab xizmatga topshirdi.

TIKAning Bishkekdagi vakolatxonasi rahbariyati Qirg’iziston mesxeti turklari jamiyatining talabiga binoan Krasniy rechka qishlog’ida yashovchi 125 xonadonning suvga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash yo’lida katta loyihani amalga oshirdi.

Loyiha asosida yer tagidan olib o’tilgan 1250 metr uzunlikdagi suv quvurlari orqali qishloqqa suv olib kelindi.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan marosimga TIKA direktorining maslahatchisi Komil Kolabash, TIKAning Bishkekdagi vakolatxonasi rahbari Ali Muslu, mesxeti turklari jamiyati a’zolari, mahalliy hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Marosimda so’zga chiqqan TIKAning Bishkekdagi vakolatxonasi rahbari Ali Muslu TIKA Qirg’izistonda toza ichimlik suvi bilan bog’liq loyihalarga katta ahamiyat berganini anglatdi.

 

Dasturimizni O’zbekistondan olingan xabar bilan yakunlamoqchimiz.

Kuni kecha davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo’lib qaytgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seulning faxriy fuqarosi unvoni berildi.

24-noyabr, juma kuni Janubiy Koreya poytaxti meriyasida Shavkat Mirziyoyevga Seulning faxriy fuqarosi unvonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning Seul meri Pak Von Sun bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida zamonaviy texnologiyalar asosida shaharni boshqarish, transport tizimi va uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Seul nomi berish taklifini kiritdi.

Eslatib o’tamiz, shu yilning iyul oyida Seul meri O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qozog'iston , #Qirg'iziston , #TIKA

Aloqador xabarlar