Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Eronda...

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi.

838838
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Eronda...

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uch tomonlama davlat rahbarlari uchrashuviga qatnashish maqsadida bugun Eronga safar qildi.

Ilhom Aliyev poytaxt Tehrondagi Mehrobod aeroportida Eron iqtisodiyot vaziri Mesut Kerbasiyan tomonidan kutib olindi.

Aliyev tashrif doirasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi.

Ikki davlat rahbari Eron va Ozarbayjon o’rtasidagi o’zaro aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik, ikki davlat o’rtasida qurilishi davom etayotgan shimol-janub transport koridori loyihalarini yakunlash xususida fikr almashdi.

Ruhoniyning fikricha, ikki davlat o’rtasidagi tijoriy aloqalar Eron va Ozarbayjon markaziy banklari vositasida, milliy pul birligi bilan amalga oshirilishi zarur.

“Tirojiy aloqalarning natijasi banklararo hamkorlikka tayangani uchun ikki davlat vakillari bunga zamin yaratishi kerak”,-deydi Hasan Ruhoniy.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham Eron, Rossiya va Ozarbayjon o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidan mamnun ekanligini tilga olib, shimol-janub transport koridori loyihasi davlatlararo yuk tashuvchiligi va tijoriy aloqalarning yaxshilanishiga hissa qo’shganini ta’kidladi.

Ilhom Aliyevning Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaney bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham uch tomonlama davlat rahbarlari uchrashuviga qatnashish maqsadida Tehronga tashrif buyurdi.

Matbuotga bayonot bergan Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Putinning tashrifi chog’ida, ikki davlat o’rtasida Eron tabiiy gazini Hindistonga yetkazadigan 1200 kmlik tabiiy gaz quvur loyihasini qo’llab quvvatlashga doir memorandum imzolanishini ma’lum qildi.

“Mazkur loyiha Eron, Pokiston va Hindistondan bir qator shirkatlar ishtirokida amalga oshiriladi”,-dedi Novak.

 

 



Aloqador xabarlar