O’zbekiston TIV, Mirziyoyevning Turkiyaga bo'lgan tashrifini baholadi

O’zbekiston Respublikasi TIV Abdulaziz Kamilov mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o’tgan hafta Turkiya Respublikasiga bo’lgan davlat tashrifi va oliy darajali muzokaralar yakunlarini baholadi.

837473
O’zbekiston TIV, Mirziyoyevning Turkiyaga bo'lgan tashrifini baholadi

O’zbekiston Turkiya munosabatlari strategik sheriklik bosqichka ko’tarilganligi qayd etildi.  

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O’zbekistonning “O’zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” teledasturida (2017-yil 29-oktabr) mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o’tgan hafta Turkiya Respublikasiga bo’lgan davlat tashrifi va oliy darajali muzokaralar yakunlarini baholadi.  

Kamilov O’zbekiston va Turkiya munosabatlarining tarixta birinchi marotaba strategik bosqichga ko’tarilganligini qayd etdi.

Mirziyoyevning o’tgan hafta, Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning taklifiga binoan Turkiyada bo’lganligini eslatgan Kamilov, tashrifning samarali va sermazmun o’tganligini tilga oldi.  

Turkiyaning ushbu tashrifni, “tarixiy tashrif” deb baholaganligini qayd etgan Kamilov,

“Turkiya juda kotta imkonlarga ega bo’lgan davlatdir. Eng yirik Turk kompaniyalari dunyoning tahminan 160 ta davlatida aktiv faol olib bormoqda” dedi.

Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi natijasida 20 dan ortiq muhim hujjatga qo’l qo’yilganligini eslatgan Kamilov, ular orasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan qabul qilingan Qo’shma bayonotning alohida o’ringa ega ekanligi ta’kidladi.

Kamilov,

“Ikki mamlakat o’rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning eng asosiy qirralarini belgilagan Qo’shma bayonotda ham aytib o’tilganidek, O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar tarixta birinchi marotaba strategik bosqichga ko’tarildi” dedi.

Tomonlar o’rtasida oxirgi bir yil mobaynida ko’plab uchrashuvlarning uyushtirilganligini, muzokaralarning bo’lib o’tganligini, ikki mamlakat prezidentlarining bir necha marotaba shaxsan uchrashganligini, munosabatlarda yangi davrning boshlatilishi uchun imkonlarning yaratilishi uchun faoliyat olib borilganligini va infratuzilmaning barpo etilganligini belgilab o’tgan Kamilov,

“Biz bu yo’lni birgalikda bosib o’tdik va Qo’shma bayonotga qo’l qo’ydik. Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlar bundan buyon yangi bosqichga, strategik sheriklik bosqichiga ko’tarildi” dedi.

Turkiyaning Yevropa bilan Markaziy Osiyo o’rtasida noyob geosiyosiy pozitsiyaga ega ekanligini qayd etgan Kamilov, Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan mustahkam munosabatlari bo’lganidek Musulmon olamida ham muhim o’ringa ega bo'lgan bir davlat ekanligini belgilab o’tdi.  

Kamilov Turkiya bilan do’stona munosabatlarning rivojlantirilishining O’zbekistonning milliy manfaatiga loyiq ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar