Turk olamidan xabarlar 43-qism

15 oktyabr kuni Qirg’izistonda prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi.

833307
Turk olamidan xabarlar 43-qism

 

 

Birinchi xabarimiz Qirg’izistondan olingan.

15 oktyabr kuni Qirg’izistonda prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi.

Prezidentlik saylovida jami 11 nomzod bellashdi.

Saylov oldi kampaniyalarida nomzodlar o’rtasida kuchli raqobat kuzatilganini aytish mumkin. Lekin, saylovoldi kampaniyasi mobaynida kurash asosan, ikki nomzod – Sooronbay Jeenbekov va Omurbek Babanov o'rtasida kechdi. Bulardan biri bosh vazir lavozimida xizmat qilgan Qirg'iziston sotsial-demokratik partiyasi nomzodi Sooronbay Jeenbekov bo’lib hisoblanadi.

Ikkinchi kuchli nomzod esa, Respublika Ata-Jurt partiyasi rahbari O’murbek Babanov bo’ldi. Qirg’iziston Jo'qorg'i Kenesh deputati, Respublika Ata-Jurt partiyasi rahbari O’murbek Babanov avvalgi davrlarda bosh vazirlik lavozimini yuritib kelgan. Qirg’izistonning markaziy saylov komiteti tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko’ra, Qirg'iziston sotsial-demokratik partiyasi nomzodi Sooronbay Jeenbekov saylovda 54.75% ovoz olib g’alabani qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rinni taxmin qilinganidek, O’murbek Babanov egalladi. U saylovchilarning 38,73% ovozini qo'lga kiritdi.

Qirg'iziston prezidenti va Jo'qorg'i Kenesh deputatlari saylovi haqidagi konstitutsiyaviy qonunga ko'ra, Markaziy Saylov Komissiyasi ovoz berish jarayonidan so'ng, 20 kundan kechiktirmagan holda yani 4 noyabr kuni prezidentlik saylovining rasmiy natijalarini e’lon qiladi.

“Birinchi bo’lib ovozlar qo’lda hisoblab chiqiladi. Xorijdagi saylov markazlarining hisobotlarini kutyabmiz. Markaziy saylov komissiyasi qonunga binoan, 20 kun ichida prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalarini e’lon qiladi”,-deydi Qirg’iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayildabekova.

 

Navbatdagi xabarimiz O’zbekistondan olingan.

Turkiya din ishlari boshqarmasi raisi prof. doktor Ali Erbosh 19-oktyabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Toshkentga ikki kunlik safari doirasida Ali Erbosh Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat chog‘ida ota yurti O‘zbekistonga kelganidan mamnuniyatini bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat orasida munosabatlarning yanada rivojlanishi, jumladan, din ta’limi va diniy xizmatlar masalalari bo‘yicha fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar orasida din xizmatlari, diniy ta’limdan tashqari, turkiyalik talabalarning Buxoro, Samarqand, Termiz, Toshkent kabi shaharlarga tashrif buyurishi, shuningdek, Turkiyaning “Mavlono” pedagogik dasturi doirasida mutaxassis almashish singari masalalar o’rin oldi.

Shavkat Mirziyoyev musulmon davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, g‘arb mamlakatlarida mavjud islomofobiyaga hamda DAISh, “Boko Haram”, “Ash-Shabob”, Fathulloh Gulen harakati FETO kabi terrorchi harakatlari tomonidan dinning yanglish targ’ib etilishiga qarshi islom davlatlarida sog‘lom din ta’limi va dinni to‘g‘ri tushunishning yo‘lga qo‘yilishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Ikki soat davom etgan suhbatda Ali Erboshga Kavkaz musulmonlari diniy idorasi rahbari Ollohshukur Poshshozoda hamrohlik qildi.

 

O’zbekiston va Ozarbayjon bilan bog’liq xabar bilan dasturimizni yakunlamoqchimiz.

Kuni kecha poytaxt Toshkentda O’zbekiston bilan Ozarbayjon Din ishlari bo’yicha qo’mitasi hamkorligida uyushtirilgan “O’zbekiston-Ozarbayjon nazarida islom hamjihatligi” nomli xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiyaga Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiyadan ko’plab rahbarlar, ulamolar va olimlar ishtirok etdi.

O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov, Ozarbayjon Din ishlari bo’yicha qo’mitasi rahbari  Mubariz Qurbonli, O’zbekiston Din ishlari bo’yicha qo’mitasi raisi Ortiq Yusupov ishtirokida bo’lib o’tgan konferensiya ochilishida, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning maktubi o’qib eshittirildi.

Konferensiyada so’zga chiqqan Ozarbayjon Kafkaz musulmonlari idorasi rahbari Ollohshukur Poshshozoda 2017 yilning “Islom hamjihatlik yili” deb e’lon qilinganiga e’tibor qaratib, bu doirada dunyoning turli mamlakatlarida bunga bag’ishlangan tadbirlar o’tkazilganini ma’lum qildi.

Konferensiya ikki davlat o’rtasidagi ilmiy, madaniy va gumanitar aloqalarning yuqori darajaga olib chiqishga hissa qo’shishidan umidvorligini tilga olgan Ollohshukur Poshshozoda bu ikki millatning mushtarak tarix va mintalitetiga ega bo’lgan qardosh xalqlar ekanini ma’lum qildi.

“Mening yoshlik chog’larim Buhoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida o’tdi. Ushbu muqaddas zaminda diniy ta’lim oldim. Ulamo va shayhulislom bo’lib yetishishimda o’zbek xalqining va u yerdagi diniy olimlarning xizmati beqiyos. Shu sababli O’zbekiston mening ma’naviy vatanimdir”,-deydi Ozarbayjon Kafkaz musulmonlari idorasi rahbari Ollohshukur Poshshozoda.

O’zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbari Osmonxon Alimov ham O’zbekiston va Ozarbayjon do’stligi ikki xalq o’rtasidagi do’stona aloqalarning juda qadimga borib taqalganini, o’zaro ishonchga tayangan aloqalar bundan keyin ham taraqqiy etishiga ishonchi komil ekanini tilga oldi.

Islom, tarix, san’at va madaniyat tadqiqot markazi (IRCICA) bosh direktori Halit Eren “2017 yil Islom hamjihatlik yili” ga bag’ishlangan konferensiyalardan biri o’tgan oyda Istanbulda bo’lib o’tganini ma’lum qildi.

Konferensiyada ma’ruza qilgan Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari prof. Ali Erbosh islom madaniyatida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan, tarix mobaynida insoniyat ufqini ochgan necha olimlar yetishib chiqqan bu muqaddas zaminga tashrif buyurganidan bag’oyat mamnun ekanini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Ozarbayjon , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar