Putin: “Ostona-Moskva o’rtasidagi muloqat jadal rivojlanmoqda”.

Kreml tomonidan ma’lum qilinishicha, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ostona va Moskva o’rtasidagi diplomatik aloqalar o’rnatilishining 25-yilligi munosabati bilan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tabrikladi.

831935
Putin: “Ostona-Moskva o’rtasidagi muloqat jadal rivojlanmoqda”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ostona va Moskva o’rtasidagi diplomatik aloqalar o’rnatilishining 25-yilligi munosabati bilan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tabriklab, ikkala mamlakat o’rtasidagi muloqatning jadal rivojlanganligini qayd etdi.

Kreml tomonidan ma’lum qilinishicha, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ostona va Moskva o’rtasidagi diplomatik aloqalar o’rnatilishining 25-yilligi munosabati bilan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tabrikladi.

Putin o’tgan chorak asrlik davr ichida ikkala mamlakat o’rtasida rivojlangan do’stona munosabatlarning ikki mamlakat xalqini birlashtirganligini eslatib, “Shu yo’l orqali munosabatlarimizni strategik sheriklik saviyasiga olib chiqishga muvaffaq bo’ldik” dedi.

Putin bayonotini:

“Rossiya va Qozog’iston o’rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy, gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. Mamlakatlarimizning Yevroosiyo iqtisodiy forumidagi koordinatsiyasi ham mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga ijobiy hissa qo’shadi” deya davom etdi.

Putin, birgalikda faoliyat olib borilgudek bo’lsa unda Moskva bilan Ostona o’rtasidagi munosabatlarning yana-da rivojlantirilishi va xalqaro kun tartbidagi muammolarning hal qilinishida konstruktiv hamkorlikning ta’minlanishiga ishonchi komil ekanligini ham ifoda etdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra ham ikkala mamlakat, o’zaro munosabatlarini yana-da rivojlantirish niyatida.  

 

 



Aloqador xabarlar