Aliyev Armanistonni bu gal Nyu-Yorkda ogohlantirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida ikkala mamlakat o’rtasidagi Tog’lik Qorabog’ muammosiga to’xtalib, Armanistonni yana bir bor ogohlantirdi.

811906
Aliyev Armanistonni bu gal Nyu-Yorkda ogohlantirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog’lik Qorabog’ muammosining tinchlik yo’li orqali hal qilinishi tarafdori ekanliklarini lekin ehtiyoj tug’ilgudek bo’lsa unda Armanistonning harbiy provakatsiyalariga qarshi kerakli javobni berishdan ham chekinmasliklarini qayd etdi.

Aliyev Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida ikkala mamlakat o’rtasidagi Tog’lik Qorabog’ muammosiga to’xtalib, tarixiy Ozarbayjon tuproqlarining Armaniston tomonidan bosib olinganligini, bir milliondan ortiq ozarbayjon fuqarosining huddi mana shu bosib olish tufayli qochqin statusiga tushganligini ma’lum qildi.

Tog’lik Qorabog’ va bosib olingan boshqa mintaqalarda ozarbayjonliklarga nisbatan “etnik tozalash” yuz berganligiga e’tibor qaratgan Aliyev,

“Armaniston 1992-yilning 26-fevrali kuni Ozarbayjonning Xojali tumanida 613 fuqaromizni qatl qildi. Ulardan 106 nafari ayollardan, 63 nafari esa yosh bolalardan iborat edi. Bu qatliomga qo’l urganlardan biri esa Armanistonning bugungi Prezidentidir” dedi.         

Xalqaro tashkilotlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining bosib olishning bas qilinishga doir qarorlari mavjudligini eslatgan Aliyev,

“Armaniston bu qarorlarni nazar-pisand qilmayapti. Ba’zan BMTXK qarorlariga bir necha kunda amal qilinmoqda lekin bizning vaziyatda esa 24 yildan beri ko’rmazlikga olinmoqda. Bu ikki yuzlamachilikdir va qabul qilinishi imkonsiz. Armanistonga nisbatan xalqaro sanksiya kiritilishi darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Armaniston armiyasining 2016-yilning aprel oyida roppa-rosa 6 nafar tinch aholining umriga zomin bo’lganligini eslatgan Ilhom Aliyev o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Bunga Ozarbayjon armiyasi kerakli javobni berar ekan ayni vaqtda bosib olingan mintaqalardan ba’zilarini qutqardi va u yerlarda Ozarbayjon bayrog’i xilpiradi. Armaniston boshqaruvi bu darsni unutmasligi lozim. Aks holda keyingi provakatsiyaning javobi yana-da og’irroq bo’ladi. Ozarbayjon, muammoning tinchlik yo’li orqali hal qilinishi tarafdori lekin Armanistonning harbiy provakatsiyasi davom etgudek bo’lsa unda Ozarbayjon o’z xalqini himoya qiladi va Armanistonning yana jazosini beradi”.

 

 



Aloqador xabarlar