Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 37-qism

Eron yaqindagina fors adabiy tilini to’g’ri gapira olmagan, boshqacha qilib aytganda fors tilini sheva bilan gapirgan, fors millatiga mansub bo’lmagan mamlakat fuqarolarining o’qituvchi bo’lib ishlashiga yo’l qo’ymaydigan nizom chiqardi.

806838
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 37-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Eron Ta’lim vazirligi yaqindagina bir nizom chiqardi. Ushbu nizomga ko’ra bundan buyon fors adabiy tilini to’g’ri gapira olmagan, boshqacha qilib aytganda fors tilini sheva bilan gapirgan, fors millatiga mansub bo’lmagan o’qituvchilarning o’z kasbi ustida ish olib borishiga yo’l qo’yilmaydi. Xalqaro ommaviy axborot vositalariga ham aks etgan shu haqidagi xabarlarga ko’ra Eron Ta’lim vazirligi tomonidan mavzu haqida chop etilgan matnda; “Ç, G, J va Q kabi tovushlarni talaffus qilishiga to’siqlik qilgan va tuzatishi imkonsiz bo’lgan, keskin shevalari bo’lganlarning o’qituvchi ayniqsa, fors tili va adabiyoti o’qituvchisi bo’lib ishlashi man etiladi” degan ifodalarga o’rin berilgan. Matnda belgilab o’tilgan tovushlarni Eronda faqatgina, eronlik turklarda uchratish mumkin. Eronda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa xalqlarga qaraganda turklar bilan arablarni ko’zlagan bu tartib qoidaning mazmunida shuningdek, farzand ko'rolmagan ayollarning ham o’qituvchilik qilishiga yo’l qo’yilmasligi aytilgan. Eronlik turklar bosh bo’lish bilan birga Eronda yashagan turk va arab millatiga mansub xalqlar bu tartib qoidaga e’tiroz bildirmoqda.

Mavzu haqida Eron turklarining fikriga qiziqar ekanman, ularning bu masalaga bo’lgan ko’z qarashining ikkita asosga borib tayanishini tushunib yetish qiyin bo'lmadi. Bunga ko’ra turklarning bir bo’lagi mavjud qarorga e’tiroz bildirar ekan, o’z asarlarini fors tilida qalamga olgan muhim shoir va yozuvchilarining turklardan chiqganlini ta’kidlamoqda. Bu nuqtada Mavlona Jaloliddin Rumiy eng muhim o’rnaklardan biri sifatida ko’rsatilmoqda. Eron turklarining ko’pchiligi esa bu qarorning unchalik ham muhim emasligini chunki, Eronda yashagan turklarning asil istagining turk tilida ta’lim olish ekanligini qayd etmoqda.   

Bugungi kunda Eron turklari Erondagi eng kuchli xalq hisoblanadi. Ular 30 millionlik aholisi bilan, son jihatidan forslar bilan teng. Bundan tashqari bugungacha geosiyosiy pozitsiyasi, ijtimoiy-madaniy tuzilishi, iqtisodiy kuchi va aholining salohiyati tufayli Eronda yuz bergan siyosiy o'zgarishlarida yetakchi o'rinni egalladi. 

X va XI asrlarda turk saljuqiylar yetakchiligi ostida o’g’uzlarning Ozarbayjonga bo’lgan ko’chlari mintaqada turklar sonining jiddiy ravishda ortishiga zamin tayyorladi. XV asrgacha navbat bilan Elxonlar, Qora-qo’yli, Oq-qo’yli davlatlarining hukmronligi davrida ham Markaziy Osiyodan mintaqaga kochishlar davom etdi. Ozarbayjon turklarining fors madaniyati va adabiyoti bilan tanishishi ham, huddi mana shu davrlarni yodga solmoqda. Lekin turklarning islomlashish jarayoni tamomlangan bu davrda ayniqsa Eron-Ozarbayjon geografiyasining shia mazxabi nazorati ostiga kirmaganligini hisobga olsak unda Ozarbayjon o’sha vaqtda mazxab jihatidan ham bir butun edi, bir butunlik ichida edi. 1501-yili Safaviylar davlatining tashkil topishi bilan mintaqa xalqlarining kimligi yirik miqdorda o’zgara boshladi. Markazi Ozarbayjon bo’lgan bu rejim Eronga, muhim mintaqaviy kuch berdi. Shuningdek ko’pchiligi sunniy bo’lgan aholiga shia mazxabini qabul qildirdi. Mintaqaga keyingi yillarda hukmronlik qilgan Afshar va Qojar xonadonlari davrida ham turklik tushunchasi va shia mazxabi o’z ahamiyatini himoya qilishni davom ettirdi.

Mintaqada yashagan turklar, necha asrlardan beri mamlakatning tashqariga ochilgan darvozasi sifatida xizmat qildi. Chet mamlakatlarda o’z yurtlarini tanishtirdi. G’arb mamlakatlarida joylashgan universitetlarda ta’lim olgan birinchi talabalardan bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi. Bu nuqtada O’zarbayjon geografiyasining Eron doxil uch yirik imperatorlikni (Usmoniy va Chor Rossiyasi) birlashtirib turuvchi nuqtada o’rin olishi alohida o’ringa ega. Bu orqali mintaqada yashagan turklar, uch davlat madaniyati vaziyatini kuzatib borish va ularni o’z xalqi madaniyatiga aks ettirish imkoniga ega bo’lganlar.

Asrlar davomida Eronda hukm surgan Turk dinastiyasi XX asrning birinchi choragida o’z nihoyasiga yetdi. O’rniga forslar asos solgan Paxlavijlar davri boshladi. Bu vaziyat Eron turklari jihatidan parchalanish nuqtasi desak mubolaga bo’lmaydi. Bu davrda turklar turli cheklovlarga ma’ruz qo’ldi. Paxlaviy davrida qabul qilingan forschalashma ideologiyasi, mintaqada yashagan turklar uchun o’z kimliklari ustida o’ylab ko’rish va rejimga qarshi o’zini ifoda etish say-harakati tug’dirdi.

Bugungi kunda turklar Eronda siyosiy va iqtisodiy sohada faol hisoblanadi. Lekin turk tilining rasmiy til deb qabul qilinmasligi, turk tilida ta’lim olishga ruxsat berilmasligi kabi sabablar yuzasidan vaqti-vaqti bilan Eron boshqaruvi bilan til topisha olmaydi.

Eron turklarini qaysidir bir mamlakatdagi ozchilik deb hisoblash noto’g’ridir. Zero qariyb 1000 yildan beri Eron geografiyasining siyosiy tarixidagi voqealarning shakllanishida turklarning alohida o’rni borligi ma’lum. Fors va turk madaniyati Eronda ham, Erondan tashqarida ham o’zaro ta’sir ichida. Bu ikkala qadim madaniyat bir-biriga muhim hissa qo’shdi. Xalqlarning birgalikda yashay olishlari uchun o’zaro hurmat muhimdir. Eron, boshqaruv an’anasiga ega tajribali bir davlatdir. Ona tilda ta’lim olishlik, matbuot erkinligi bugungi kunda eng asosiy inson huquqlaridan biridir. Eron davlatining ta’limda va matbuotda turk tiliga ruxsat berishligi ham Eronning, ham da mintaqaning barqarorligi uchun muhim rivojlanish natijalari beradi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi dotkor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar