Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 5-sentabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

801205

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #Qirg'iziston , #Tashrif

Aloqador xabarlar