Turkiya O'zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor...

Turkiya tomoni davlatlar o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

779574
Turkiya O'zbekiston bilan  keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janiklini qabul qildi. 

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, mamlakatlar o‘rtasida turli darajadagi aloqalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi. O‘zbekiston va Turkiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish, jumladan, harbiy ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Nurettin Janikli O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi va Turkiya tomoni davlatlar o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Hamkorlik

Aloqador xabarlar