Turk olamidan xabarlar 30-qism

Ozarbayjonning poytaxti Baku shahrida Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari 4-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

777478
Turk olamidan xabarlar 30-qism

 

Birinchi xabarimiz Ozarbayjondan olingan.

Ozarbayjonning poytaxti Baku shahrida Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari 4-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.

Uchrashuvdan so’ng, vazirlar mushtarak dekloratsiya imzoladilar.

Matbuot anjumanida so’zga chiqqan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lining aytishicha, o’zaro uchrashuvda Turkiya-Ozarbayjon va Turkmaniston o’rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy masalalar ko’zdan kechirildi.

Uch tomonlama yig’ilishda esa, Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston o’rtasidagi aloqalarni qanday qilib yanada mustahkamlash yo’llari muhokama qilindi.

“Bir qutb, bir yo’l” loyihasida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Gruziya katta ahamiyatga ega ekanini tilga olgan Mavlud Chavushog’li mavjud geopolitik jarayonni yaxshi ko’zdan kechirib, bu loyihada katta ro’l o’ynash istagini bildirdi.

“Energetika sohasidagi hamkorligimizni yanada mustahkamlamoqchimiz. Shu maqsad bilan sammitlarda muhim qarorlar olinmoqda. Bu yil qardosh Turkmaniston mezbonligida uch tomonlama davlat rahbarlari sammiti bo’lib o’tadi. Ushbu sammitning natija beruvchi yig’ilish bo’lishi xususida hamkorlarimiz bilan hamfikrmiz. Bitim va shartnomalarni imzolashga tayyormiz”,-deydi Mavlud Chavushog’li.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov ham mamlakat tabiiy gazini Yevropaga yetkazadigan Janubiy gaz koridori loyihasi kelgusi yilda o’z faoliyatini boshlashini, Turkmaniston ham bu loyiha bilan yaqindan qiziqqanini aytib o’tdi.

“Mazkur loyihaning bir bo’lagi bo’lgan TANAP loyihasi 2018 yilda tamomlanadi. Kelgusi yil Turkiyaga 6 mlrd kub metr tabiiy gaz jo’natamiz. Undan keyingi yilda esa, Italiyaga 10 mlrd kub metr tabiiy gaz jo’natiladi”,-deydi Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Meredov ham Ozarbayjon va Turkiya bilan iqtisodiy, siyosiy va energetika sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish niyati borligini aytdi.

 

Dasturimizni madaniyat xabari bilan davom ettiramiz.

TURKSOY tashkiloti va Bursa hokimiyati hamkorligida uyushtirilgan 31-Xalqaro Oltin Qorako’z xalq raqslari tanlovining bu yilgi g’olibi Qozog’iston bo’ldi.

Bursa madaniyat-san’at va turizm jamg’armasi tomonidan 56-Xalqaro Bursa festivali doirasida o’tkazilgan tanlov shu yilning 7-12 iyul kunlari Turkiyaning Bursa shahrida bo’lib o’tdi.

Argentina, Albaniya, Ozarbayjon, Boshqurdiston, Belorus, Bosniya-Gersegovina, Bolgariya, Xitoy, Filippinlar, Gruziya, Hindiston, Qorabog’, Qozog’iston, Qirg’iziston, Kosova, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Makedoniya, Moldova, Ruminiya, Chili, Tatariston va Ugandadan kelgan xalq raqslari ansambli shaharning turli markazlarida va tumanlarda tadbirlari bilan o’z madaniyatini namoyish qildilar.

Tanlovga TURKSOYning taklifi bilan Ozarbayjondan “Jangi”, Qozog’istondan “Kazina”, Qirg’izistondan “Agat-Taajy”, Tataristondan “Oltinoy”, Bıshqurdistondan “Veselinka”, Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan esa, Davlat xalq raqslari ansambli ishtirok etdi.

Qozog’istonning Chimkent shahridan qatnashgan “Kazyna” raqs ansambli birinchilikni qo’lga kiritib, “Oltin Qorako’z” mukofotiga sazovor bo’ldi.

Tanlov doirasida har yili taqdim etilgan TURKSOY maxsus mukofoti esa, bu yil Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan kelgan Davlat xalq raqslari ansamblisiga topshirildi.

 

Navbatdagi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Qozog‘iston hukumati “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan bo‘lgan mehnat muhojirlarining erkin harakatlanishiga imkon yaratish maqsadida” xorijliklarni ro‘yxatga olish tartibiga o‘zgartishlar kiritdi.

Endilikda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari fuqarosi bo‘lganlar, jumladan, qirg‘izistonliklar Qozog‘istonda yashash uchun ruhsatsız 30 kungacha yurishi mumkin.

Joriy yilning 15 iyul kuni Qirg’iziston va Qozog’iston hukumatlari o’rtasida ushbu davlat fuqarolarining ikki davlat chegaralari ichida qolish muddatini aniqlovchi shartnoma kuchga kirdi.

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Qirg’iziston fuqarolari bundan buyon Qozog’istonda qaydsiz 30 kungacha qolishi mumkin.

Bundan oldin bu muddat atigi 5 kun bilan cheklangan edi.

30 kundan ortiqcha qolishni xohlagan Qirg’iziston fuqarolari Qozog’iston ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib qaydga turadilar.

Bu shartlar Qirg’izistonga sayohat qilgan Qozog’iston fuqarolari uchun ham taalluqlidir.

 

O'zbekiston hukumati 2017 yil boshidan buyon xalqaro moliyaviy institutlar va donor davlatlar bilan jami 1 milliard 24 million dollarlik kredit kelishuvlarini imzolagan.

Bu haqda Moliya vazirligi ma`lum qilgan.

“O'zbekiston hukumati aprel-iyun oylarida loyihalar realizatsiyasi uchun 413,04 million dollarlik 4 ta kredit kelishuvlarini imzolagan. Loyihalarning umumiy qiymati 470,24 mln dollarni tashkil etadi”, - deya qayd etilgan bayonotda.

Birinchi chorakda O'zbekiston hukumati 611,47 million dollarlik 6 ta kredit kelishuvlarini imzolagandi.

Shu tariqa, O'zbekiston yil boshidan buyon loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etgan kredit mablag'lari miqdori 1 milliard 24 million dollarni tashkil qilgan. Kreditlar jalb etilgan loyihalarning umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.

 



Aloqador xabarlar