Ona diyor obidalari 14- qism

O`zbekistonning Buxoro va Samarqand orasida joylashgan manzil. Karmana tumanidagi Xazora fuqarolari yig`ini hududida joylashgan “Mavlono Orif Deggaroniy” jome masjidi Navoiy viloyatidagi eng qadimiy masjidlardan biridir.

770419
Ona diyor obidalari 14- qism

Mavlono Orif Deggaroniy Jome Masjidi


     O`zbekistonning Buxoro va Samarqand orasida joylashgan manzil. Karmana tumanidagi Xazora fuqarolari yig`ini hududida joylashgan “Mavlono Orif Deggaroniy” jome masjidi Navoiy viloyatidagi eng qadimiy masjidlardan biridir. Uni qachon qurilgani haqida turli ma`lumotlar bor.

     Assalomu alaykum, Ona diyor O`zbekistonning tarihiy obidalar shahriga sayoxat     etamiz.

     Mavlono Orif Deggaroniy Jome Masjidi -1991 yil 16 may oyida italiyalik ikkita olim ushbu qadamjoga kelgan. Ularnig qo`llaridagi manbada Xazora qishlog`idagi bu qadimiy bino VI-VII asrda qurilgani yozilgan. Ushbu kitobda qayd etilishicha, bu masjid zardushtiylar davrida ibodatxona sifatida qurilgan. Binoning to`rt tomoni ochiq bo`lib, uning toqqizta gumbazini to`rtta g`isht ustun ko`tarib turgan. Samoniylar davriga kelib esa bu bino masjidga aylantirilgan deb ta`kidlaydi ushbu masjidda ishlagan domla Sa`dulla O`sarov.
 

     Rus olimlari esa Deggaron masjidi tarixi haqida boshqacha fikr bildirishgan. Ulardan Yakubovskiy va Varonina masjid IX-X asrlarga oid deyishgan. 1936-1937 yillarda tadqiqot olib borgan Shishkin ham X asrda barpo etilganini ta`kidlashgan. 1951 yilda qayta tekshiruv ishlarini olib borgan Varonina, Deggaron masjidi XI asrga oid degan so`ngii hulosani bergan.

     1910 (hijriy 1328) yilda Buxoro amiri Abdulahadxon masjidning oldi va yon tomoniga ayvon qurdirgan. Bu ayvonlar 1980 yillargacha mavjud edi.

     Keyinchalik bu masjid “Mavlono Orif Deggaroniy” deb atalgan. Boisi, Mavlono Orif Deggaroniy 1313 yilda Xazora qishlog`i, Deggaron dahasida tug`ilgan. Mavlono Orif Sayid Amir Kulolning  eng yaqin shogirdlaridan bo`lib, ulkan alloma, xojagon-naqshbandiya tariqati rivojiga mühim hissa qo`shgan zot bo`lgan. Mavlono Orif 1380 yilda vafot etgan va Deggaron masjidi yaqinida dafn etilgan.

     “Deggaron” so`zi “qozon yasovchi mahallasi” degan ma`noni bildiradi. Masjid shu mahallada joylashgani uchun ham “Deggaron” deb nomlashgan.

     Dunyoda bilingan ilk turk musulmon jomelaridan biri deydi O`zbekistonga qilgan sayohatida Turkiyalik tarihshunos Jalol Bayar Universitetining Tarih bo`limini tamomlagan Talha Ugurluel. So`nggi yillarda o`z tarihiga ega chiqib ko`p tarihiy obidalari tiklanganidek bu manzilda ham aynan shu narsa amalga oshirilgan, bino tiklanib devorlar bilan oraldi va kiraverishda g`ishtlardan katta arka darboza insho etilib eng tepasiga O`zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “ Tarixiy xotirasiz – kelajak yo`q” yozuvi o`rnatildi.

     Darbozadan kirar ekansiz “Mavlono Orif Deggaroniy” yozuvi va dunyoda tanilgan 11-asrga tegishli ilk jome masjidni qarshingizda ko`rasiz. Bunday asarga qaraganingizda dunyoda tanilgan ilk turkiy islom jomesi, g`ishtlardan insho etilgan ilk sanatni ko`rishingiz mumkin. Masjidga uzoqdan boqganingizda katta qubbaga ko`zingiz tushadi atrofida esa undan kichikroq qubbalar bo`lib, o`rtadagi katta qubbani ichkaridan 4ta katta fil poya yani fil oyoqlari manosida qalin oyoqlari ushlab turganini ichkariga kirgach ko`rishingiz mumkin. Bunday oyoqlar Sultan Ahmet jomesida, Edirna jomesida mavjud. 9 qubba va ularni oyoqda ushlab turgan 4 oyoq, avvalgi nomi bilan Hurosonda qurilgan bu jome 1000 yildan beri oyoqda, Turkiyada eng eski turk islom tarihiy jome “Tokat G`ariblar jomesi” deya bilinadi. Onadoludagi G`ariblar jomesiga borsangiz 4 oyoqda gumbazni ushlab turgan jomeni ko`rasiz. Tokat G`ariblar jomesi hamda Deggaroniy jome muhtasham asari, bu ikki jome ko`rinishi va qurilishi bilan birxil. Katta markaziy qubbani 4 g`ishtin fil oyoqlari va atrofidagi 8ta qubbani ham bu oyoqlar ushlab turishi insonni o`ziga rom etadi. Bu memoriy sanat asari, 1000 yil ilgari ham dinga bo`lgan etiborni ko`rsatib turadi.

2007 yili Mavlono Orif Deggaroniy jome masjidi katta ziyoratgoh va ko`rkam manzilga aylantirldi. Bu ishda mehnatkash xalq xizmati katta bo`ldi.

 



Aloqador xabarlar