Turkmaniston va O’zbekiston o’rtasidagi samimiy aloqalar.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, ikki oy tanaffusdan so’ngra takror Turkmanistonda.

736873
Turkmaniston va O’zbekiston o’rtasidagi samimiy aloqalar.

Turkmaniston va O’zbekiston o’rtasidagi samimiy aloqalar.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, ikki oy tanaffusdan so’ngra takror Turkmanistonda.

            O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 2016- yili 14- dekabrda prezidentlik lavozimiga boshlagandan so’ngra ilk rasmiy safarini o’tgan martning boshlarida Turkmanistonga uyushtirgan edi,  ikki o’lka o’rtasida, birinchi o’rinda madaniy maorifi mavzular bilan  bir qatorda juda ko’p sonda hamkorlik bitimlari imzolangan edi.

Turkman va O’zbek liderlar alohida, Amudaryo daryosi ustida insho etilgan Turkmenabat- Farab ko’prigi bilan Turkmanabat shaharida  qurdirilgan O’zbekistonning ilk davlat rahbari Islom Karimov  yodgorligini  birgalikda xizmatga ochilgan edilar.

            Qisqa  muddat oldin amalga oshgan ushbu ziyoratning ortidan, O’zbekiston Prezidenti Mirziyoyev yangidan Turkmanistonda.

Turkmaniston  Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammadovning  taklifiga binoan  rasmiy   tashrif bilan  Kaspiy dengizi qirg’og’idagi turizm hududi Avazaga tashrif buyurgan Mirziyoyev, Turkman boshi aeroportida Turkman rasmiylari tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

            O’zbekiston lideri dastlab, Avaza turizm lagerida dam olayotgan 100 nafar  O’zbek bola va yoshni ziyorat etdi.

Bu yerda O’zbek bolalar tomonidan kutib olingan Mirziyoyev, ular bilan birgalikda dengiz turiga ham ishtirok etdi.

            Tashrifning rasmiy dasturi, Turkman lider Berdimuhammadov va O’zbekiston Prezidenti Mirziyoyev o’zaro uchrashuvi bilan boshladi.  Ortidan, Turkman va O’zbek hay’atlar o’rtasida uchrashuvlar amalga oshirildi va energetika transport va sport sohalarida hamkorlik bitimlari imzolandi.

Prezidentlar  huzurida  amalga oshgan imzo marosimida, Ashxobod va Toshkent o’rtasida birodar shahar aloqasining  tuzilishiga qarata bitimlar  ham imzolandi.

            Turkmaniston va  O’zbekiston prezidentlari mushtarak matbuoti anjumanida, Ikki o’lkaning, Mushtarak Osiyoning huzurli va barqaror rivojlanishi va buni ta’min etadigan kuchli va ta’sirli mexanizmlar tashkil etilishi mavzusida bir xil fikrda ekanliklari ta’kidlandi.

Turkman- O’zbek strategik hamkorlikning asosiy mavzusi esa  energiya va transport sohalari ekanini aytgan liderlar, Yevrosiyo energiya va transport oqishining tashkiliy mavzusida mushtarak fikrga ega ekanlari ta’kidlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkmaniston , #Aloqalar , #Tashrif

Aloqador xabarlar