Akinji bilan Anastasiadis Kipr muammosi yuzasidan takror uchrashuv o’tkazdi

Kipr muammosini hal qilish uchun olib borilgan muzokaralar davom etmoqda.

730669
Akinji bilan Anastasiadis Kipr muammosi yuzasidan takror uchrashuv o’tkazdi

Kipr muammosini hal qilish uchun olib borilgan muzokaralar davom etmoqda.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji liderlar uchrashuvidan oldin BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eideni qabul qildi.

BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eide qariyb 2 soat davom etgan uchrashuv ortidan bergan bayonotida, muzokaralarda qo’lga olinadigan navbatdagi masalalar haqida gaplashganliklarini va jarayonning ichkarida ham tashqarida ham murakkab tus olganligini qayd etdi.  

Oqshom vaqtlarida esa ikkala lider uchrashuv o’tkazdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis bilan BMT nazoratidagi maxsus hududda uchrashdi.

Prezident Akinji qariyb 4 soat davom etgan uchrashuv ortidan bergan bayonotida, muzokaralarning ikkinchi yilligida Kipr muammosini hal qilish uchun 2 yildan beri amalga oshirilgan faoliyatlar va uning natijalarini baholadi.

Ikki yil ichida 60 dan ortiq liderlar uchrashuvi, 150dan ortiq muzokara hay’atlari uchrashuvi bo’lib o’tganligini qayd etgan Akinji, bundan buyon aniq bir natija olinishi kerakligini ta’kidladi.

Muzokara jarayonining natijaga yo’nalmagan ravishda davom etmasligi darkorligini takrorlagan Akinji, bundan keyingi jarayonda siyosiy qarorlilik shartligiga e’tibor qaratdi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafa Akinji , #Nikos Anastasiadis , #Kipr

Aloqador xabarlar