O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

723666
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni O‘zgan viloyatida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

“Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg‘iziston xalqiga, jumladan, halok bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman”, — deyiladi maktubda.

Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan axborot bo‘yicha, shanba kuni ertalab Zargar okrugidagi “Ayuu” qishlog‘ida sodir bo‘lgan tuproq ko‘chkisi taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra ichida 24 kishi bo‘lgan 7 ta uyni bosib qolgan. Ulardan biri bo‘sh bo‘lgan.

Xavfli uchastkada yashayotgan 40 oila evakuatsiya qilingan. Ular uchun 30 ta besh o‘rinli chodir qurilgan.

Tabiiy ofat sodir bo‘lgan joyga Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov yetib kelgan.

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev 30 aprelni mamlakat bo‘ylab motam kuni deb e’lon qildi.

 



Aloqador xabarlar