Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.

724131
Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Bugun, 2 may kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xishom bin Mish’al bin Suvaylim al-Suvaylimni qabul qildi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.

Bo'lib o'tgan suhbat chog'ida, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doiralaridagi hamkorlikni rivojlantirish, bu hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko'rib chiqildi.

Xalqaro maydonda O'zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalarining ijobiy o'sish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

 



Aloqador xabarlar