Shavkat Mirziyoyev kecha amaliy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Janubiy Qozog’iston viloyatiga tashrif buyurar ekan u yerda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o’tkazdi.

722979
Shavkat Mirziyoyev kecha amaliy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Janubiy Qozog’iston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan amaliy uchrashuv o’tkazdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra Janubiy Qozog’iston viloyatidagi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil mart oyida Qozog’istonga bo’lgan davlat tashrifi davomida ikki mamlakat o’rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunida Davlat rahbarlari O’zbekiston-Qozog’iston hamkorligidagi ijobiy sur’atlar barqaror saqlanishi va yanada rivojlanishiga ishonch bildirganlar.



Aloqador xabarlar