Mavlud Chavusho'g'li O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi

Mavlud Chavusho'g'li: “O'zbekiston Prezidenti Mirziyoyev tomonidan qabul qilindik. Biz O'zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik”

721123
Mavlud Chavusho'g'li O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'lini qabul qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li tvitterdagi sahifasida uchrashuv haqida quyidagicha yozgan.

 “O'zbekiston Prezidenti Mirziyoyev tomonidan qabul qilindik. Biz O'zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik”, — deb yozgan.

Bundan avvalroq Kun.uz nashri Mavlud Chavusho'g'li O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgani haqida xabar tarqatgan edi.

Turkiya delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, tashqi ishlar va tashqi savdo vazirligida ham muzokaralar o'tkazadi.

 



Aloqador xabarlar