Chavusho'g'li Toshkentda kasbdoshi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rasmiy safar bilan bugun O’zbekistonda.

720629
Chavusho'g'li Toshkentda kasbdoshi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li O’zbekistonga bo’lgan safari chog’ida bugun kasbdoshi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv ortidan matbuot anjumani uyushtirgan Chavusho’g’li Turkiya bilan O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va turizm bosh bo’lish bilan birga ko’plab sohada hamkorlik qilishi masalalarini qo’lga olganliklarini qayd etdi.    

Anjumanda ikki mamlakat o’rtasidagi ziyoratlarning davom etajagini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, bu yil shu doirada ikki mamlakat o’rtasida Prezidentlar sammitining ham o’tkazilajagini ma’lum qildi.  

Aytib o’tish joizki tashrif doirasida Mevlut Chavusho’g’lining O’zbekiston Senati raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoyev va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Chavusho’g’lining ushbu tashrifi, oxirgi vaqtlarda shaxdam qadamlar tashlay boshlagan ikki mamlakat munosabatining mustahkamlanishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.



Aloqador xabarlar