Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 15-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida "Turk kengashi" qoshidagi "Turk ishbilarmonlar kengashi" va uning faoliyati haqida so’z qilamiz.

716178
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 15-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Turk tilida so’zlashuvchi davlatlarning liderlari o’rtasida 2010-yilning 16-sentabri kuni Istanbulda bo’lib o’tgan yig’ilishda “Turk kengashi” qoshida “Turk ishbilarmonlar kengashi”ni tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq huddi ana shu yili kengashga a’zo davlatlar o’rtasidagi savdo, sanoat, investitsiya, texnologiyani yetkazib berish va boshqa iqtisodiy tarmoqlarda hamkorlik qilish faoliyatlarini olib borish maqsadida Turk ishbilarmonlar kengashi tashkil topdi.   

Turk ishbilarmonlar kengashi 2009-yilning 3-oktabri kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos topgan Turk kengashi qosihda faoliyat olib bormoqda. Turk ishbilarmonlar kengashi nodavlat, notijorat xalqaro tashkilotdir. Kengashga a’zo davlatlarning ishbilarmonlari o’rtasida mushtarak faoliyatlarni muzokara qilish va tanitish maqsadida tashkil topgan institutsional platformadir.  Shuningdek Turk kengashiga a’zo davlatlar o’rtasida xususiy sektor hamkorligi uchun eng asosiy vosita hisoblanadi. Faoliyatlari asosan ingiliz tilida olib boriladi lekin maxsus tadbirlarda a’zo davlatlar tilidan ham foydalaniladi.   

Turk ishbilarmonlar kengashi ayni vaqtda talab qilingan ravishda maxsus mavzular ustidan ham tadqiqot ishlari olib bormoqda. Birgalikda faoliyat yuritish orqali Turk kengashiga a’zo davlatlarning iqtisodiy rivoji uchun taklif-loyihalar taqdim etilmoqda. Shunday ekan “Turk ishbilarmonlar kengashi”ni “Turk kengashi” uchun bir maslahat kengashi deyish ham mumkin. Turk kengashiga a’zo davlatlar o’rtasidagi ikki va ko’p tomonli va boshqa ishbilarmonlar kengashi tuzilishiga rahbarlik ham qilmoqda.  

Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan Turk ishbilarmonlar kengashining beshinchi yig’ilishi 2017-yilning 3-apreli kuni Qozog’iston poytaxti Ostonada bo’lib o’tdi. Turk kengashi Bosh kotibi Ramil Hasanovning rahbarligida uyushtirilgan ushbu yig’ilishda Turkiya nomidan Turkiya Palatalar va birjalar uyushmasi rahbari Rifat Hisarjiklio’g’li, Ozarbayjon nomidan Ozarbayjon ishbilarmonlari konfederatsiyasi rahbari Mamed Musayev, Qirg’iziston nomidan Qirg’iziston Savdo va sanoat palatasi rahbari Marat Sharshakeyev, Qozog’iston nomidan Qozog’iston tadbirkorlar milliy palatasi Boshqaruv kengashi raisi Ablay Mirzahmetov ishtirok etdi.  

Yig’ilishda texnik mutaxassislar saviyasida faoliyatlarning olib borilishi, Turk kengashining biznes-portalidan foydalanishlik, Turkiya palatalar va birjalar uyushmasi tomonidan qirg’izistonlik, qozog’istonlik va ozarbayjonlik mutaxassislarning malaka oshirishini ta’minlash masalalari qo’lga olindi. Yig’ilish doirasida Qozog’iston tadbirkorlar milliy palatasi bilan Turkiya palatalar va birjalar uyushmasi o’rtasida hamkorlik va mushtarak palata tashkil etish protokoliga qo’l qo’yildi.  

Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar bugungi kunda strategik darajada. Bu ikki mamlakat munosabatlarining eng avvalo Turk kengashi tarkibidagi mamlakatlar o’rtasida keyinchalik esa hozircha kengashga a’zo bo’lmagan O’zbekiston va Turkmanistonning ham ishtirokida kengaytirilishi Turk dunyosi uchun foydali bo’ladi. Shu bilan birga Turk kengashining o’ziga oid bir transport yo’lagi ham tashkil etishi darkor. Zero Kaspiy dengizi orqali tashkil etiladigan yo’lak mintaqaviy va global savdo uchun eng asosiy yo’laklardan biri bo’lish salohiyatga ega.               

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar