Abdulaziz Komilov Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Qirg'iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

707784
Abdulaziz Komilov Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi

Shu yilning 7 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentda Qirg'iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

Vazirlar ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, 2016 yil 24 dekabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi O'zbekiston-Qirg'iziston uchrashuvi va uning yakunlari tomonlarda mavjud masalalarni o'zaro hurmat asosida va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda muhokama qilish va yechish uchun siyosiy iroda mavjudligini tasdiqlaydi.

Aloqalarning so'nggi paytlardagi faollashuvi, keng jamoat vakillari ishtirokida turli darajadagi delegatsiyalar tashriflarining qizg'in almashinuvi ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekanligiga guvohlik berishi qayd etildi.

Uchrashuvda Qirg'iziston elchisi Daniyar Sidiqov ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar