Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida birinchi bor Qozog'istonda

Davlat tashrifi bilan Ostonaga borgan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Prezident Nursulton Nazarboyevning buyrug’i bilan Xalqaro aeroportdan Bosh vazir Bakitjan Sagintayev kutib oldi.

697172
Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida birinchi bor Qozog'istonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan kecha davlat tashrifi bilan Ostonaga bordi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat bayroqlari bilan bezatilgan Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va Prezidentni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari bugunga yani 23-martga belgilangan. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarining muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi mo‘ljallangan. 

Mirziyoyev tashrifi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot Xizmati internet portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Prezidentning tashrifi yakunlari bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan salmoqli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar