O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegaralari muhokama qilindi

O'sh shahrida 19 mart kuni O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo’lib o’tdi.

695750
O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegaralari muhokama qilindi

Qirg’izistonning O'sh shahrida 19 mart kuni O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo’lib o’tdi.

10 kun davom etgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Muzokaralar doirasida O'zbekistonning Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bilan Qirg'izistonning Batken, Jalolobod va O'sh viloyatlari tutashgan hududlardagi davlatlararo chegaraning eng qiyin uchastkalarida qo'shma dala tekshiruvlari va geodeziyaviy hisoblash ishlari olib borildi.

Muzokaralar yakuni bo'yicha tegishli bayonot imzolandi.



Aloqador xabarlar