O'zbekiston va Rossiya diplomatik aloqalarining 25 yilligini nishonlamoqda

Shu munosabat bilan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir-biriga tabriknoma yo’lladi.

695030
O'zbekiston va Rossiya diplomatik aloqalarining 25 yilligini nishonlamoqda

O'zbekiston va Rossiya o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganiga 25 yil bo'ldi.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir-biriga tabriknoma yo’lladi.

"O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrigim va iliq tilaklarimni qabul qiling. 

Chorak asr davomida bizning davlatlarimiz ikki tomonlama hamkorlikning barcha sohalarida, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o'zaro foydali aloqalarni yo'lga qo'ydi.

O'zbekiston va Rossiya o'rtasida savdo-iqtisodiy, harbiy-siyosiy, gumanitar sohalardagi o'zaro aloqalarning rivojlangani haqidagi fikringizga qo'shilaman. Shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan strategik hamkorlik mustahkamlandi.

Sizga, hurmatli Sergey Viktorovich va Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga kelgusida muvaffaqiyatlar tilayman", deyilgan O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning tabrigida.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar