Aliyev Fransua Olland bilan Turkiyadagi oxirgi vaziyat va Tog’lik Qorabog’ masalasini qo'lga oldi

Ozarbayjon Prezidenti I. Aliyev amaliy tashrif bilan Fransiyaga borar ekan u yerda Prezident Fransua Olland bilan birga nafaqat Tog’lik Qorabog’ muammosini ayni vaqtda Turkiya bilan ba’zi Yevropa davlatlari o’rtasidagi oxirgi vaziyatni ham qo’lga oldi.

691764
Aliyev Fransua Olland bilan Turkiyadagi oxirgi  vaziyat va Tog’lik Qorabog’ masalasini qo'lga oldi

Fransiya Prezidenti Fransua Olland ham Yevropa, hamda Turkiyaga ehtiyojlarining borligini aytdi.

Olland Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni Elysee Saroyida qabul qildi.

Ikki mamlakat o’rtasida transport, aloqa, texnologiya va davlat xizmatlari sohalaridagi hamkorlik shartnomalariga qo’l qo’yildi.

Olland uchrashuv ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida, turkiyalik vazirlarning Yevropaga kirishlariga ruxsat berilmasligi yuzasidan kelib chiqqan diplomatik skandalga to’xtaldi.  

Bu haqida Fransiya Prezidenti,

“Turkiya bilan Yevropa mamlakatlari ortasida sovuqlik paydo bo’ldi. Bizning, ham Yevropaga hamda Turkiyaga ehtiyojimiz bor. Turkiyaning ham Yevropaga ehtiyoji bor. Shunday ekan har mavzuda bo’lganidek bu mavzuda ham biz ular o’rtasidagi muloqatning qayta tiklanishini ta’minlashimiz darkor” dedi.  

Olland Aliyev bilan birga ikki mamlakat munosabatlaridan tashqari Tog’lik Qorabog’ muammosini ham qo’lga olganliklarini belgilagan holda,

Tog’lik Qorabog’ mavzusida status kvo yani mavjud holat orqali muammoning hal qilinmasligini shuningdek, to’qnashuvlarning uzoq davom etmasligi kerakligini qayd etdi. Buning uchun esa Minsk guruhi muzokaralarida ham Fransiya zimmasiga tushgan kerakli barcha say-harakatlarini davom ettirganligini ifodaladi.  

Ilhom Aliyev esa Tog’lik Qorabog’da status kvoning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini ta’kidlab,

“Armaniston bosib olgan tuproqlaridan chiqib ketishi darkor. Minsk guruhi davlatlari mintaqada status kvoning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini aytdilar. Lekin shunga qaramay Armanistonning bunga amal qilish niyati yo’q” deya gapirdi.     

 

 



Aloqador xabarlar